1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. Uning echimlari va yo‘nalishlari. Xususiy va xo‘jalik mulki


Download 133.5 Kb.
bet3/6
Sana05.05.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1428467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu

3. Xususiy va xo‘jalik mulki.
Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.
Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila, urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi.
Boylik - Avgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan moddiy ne’matlar yig‘indisi sifatida, ya’ni natural shaklda qaralgan. Agar boylik unga sarflangan mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar yordamida yaratilgan bo'lsa, gunoh deb tan olingan. Bu qat’iy qoidaga muvofiq noinsoflik bilan oltin va kumushning ko‘paytirilishi (jamg‘arilishi) jamiyatning axloqiy va boshqa me’yorlariga zid hisoblangan. Ammo Akvinat fikri bo‘yicha «odil narx» xususiy mulkni ko‘paytirish va «o'rtacha» boylik yaratishda inkor etib bo‘lmaydigan manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu uningcha, gunoh hisoblanmaydi.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling