1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. Uning echimlari va yo‘nalishlari. Xususiy va xo‘jalik mulki


Download 133.5 Kb.
bet4/6
Sana05.05.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1428467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu

Ayirboshlash - Qadimgi Dunyo va o‘rta asrda tadqiqotchilar tomonidan proporsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlaming xohishi tufayli bo'ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu prinsipni inkor etmagan holda, noekvivalent boiib tuyulgan ayirboshlash, subyektiv jarayon sifatida, tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Akvinat ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda, buyum «bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar korishi hisobidan kelib tushsa», o‘shandagina ayirboshlash sharti buzilgan boiadi.
«Odil narx» bu kategoriya kanonistlar taiimotida «qiymat» (qimmat), «bozor bahosi» kategoriyalari o‘mida ishlatilgan. U muayyan feodal oqsuyaklar hududida o‘matilgan va biriktirib qo‘yilgan. Dastlabki kanonistlar uning darajasini tovar ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat va moddiy sarflarga bog‘lab tushuntirganlar. Ammo Akvinat «odil narx»ga bo‘lgan sarfli yondashuv tushunchasini yetarli emas, deb hisobladi. Uning fikricha sotuvchi o‘z mavqeyiga qarab buyumni «oz narxidan kora qimmatroq sotishi mumkin».
Pul (moneta)ni Akvinat Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm mualliflariga o‘xshash talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha, «savdoda ... ishonchli olchov birligiga» ega bo‘lish uchun pul kishilaming xohishi tufayli kelib chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga» ega ekanligini tan olsada, davlat moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga» nisbatan bir oz o'zgartirishga haqli, deb hisobladi. Bu yerda Akvinat o‘zining ikkiyoqlamalik prinsipiga sodiqligini yana bir bor ko‘rsatdi, ya’ni bir tomondan, monetalami buzish tashqi savdoda pulning qadr-qimmatini yo‘qotilishiga olib kelishini tan olgach, ikkinchi tomondan esa - pulning «nominal qimmatini» davlatning o‘z xohishi bo‘yicha o‘matish huquqiga ishongan.
Savdo foydasi va sudxo‘rlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va gunoh, deb hisoblangan. Akvinat ham ulami shartli ravishda «aybladi». Uning fikricha agar ular bunda axloq-odob doirasida ish yuritgan bo‘lsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar va sudxo‘r tomonidan o‘zlashtirilishi kerak.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar uchun to'lanadigan haq bo‘lmog‘i kerak.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling