1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. Uning echimlari va yo‘nalishlari. Xususiy va xo‘jalik mulki
Download 133.5 Kb.
|
2-Mavzu
2-Bob: O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri. Transformatsiyalashuv davri. Reja: 1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. 2. Uning echimlari va yo‘nalishlari. 3. Xususiy va xo‘jalik mulki. 4. Merkantilizm 1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta'sirlangan. Ular iqtisodiyot sohalarining bir-biriga bog‘liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan. Merkantilizm XVIII asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‘lsa ham 1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin u uzoqqa cho‘zilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar berganligi sababli uning keyingi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyatli rol o‘ynadi. Iqtisodiy ta’limotlar olimlari ko‘pincha har xil g‘oyalami ulaming birgina oxshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida tavsiflaydilar. Shunday bo'lsada, fiziokratlar ayrim muammolar bo‘yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlami namoyon etganlar. Buning uch sababi mavjud. Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan. Fiziokrtlar g‘oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha bo‘lgan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g‘oyalari 1750-yildan oldin va 1780-yildan keyin hech kim bilmagan, deyiladi). Fiziokratlaming tanilgan boshlig‘i Fransua Kene (1694- 1774)ning g'oyalari o‘zining izdoshlari tomonidan so‘zsiz qabul qilinar, bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalami Kenening nazariyasiga ishontirish maqsadida yozilgan edi. Tableau Economique - Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch sohasini: fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkoriami asosiy qilib ko‘rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo, davlat sektori yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili iqtisodiy davr boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab chiqarish xarajatidan ko‘ra ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, deb qabul qilishadi; jadvalda bu unumdorlik 100 foiz, deb qabul qilingan. Masalan, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan ishlab chiqarish omillariga to‘lanadigan qiymat bilan teng boTadi. Faqatgina yeming mahsuloti unga ketadigan xarajatdan ko‘proq boTadi. Jadvalda qishloq xo‘jaligiga qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000 livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi, bu esa yer egasiga renta sifatida toTanadi. Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalaming o‘zaro aloqalarining kuchli, ijodiy tushimchasini juda sodda ifodalab beradi. Fiziokratlaming iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qarashlari makro iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari mikroiqtisod darajada iqtisodning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi nazariyani rivojlantirishga kam harakat qilganlar. Fiziokratlar Kenening “Iqtisodiy jadvali”ni o‘zlarining asosiy nazariy yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli sektorlari o‘rtasidagi aloqalami nazariy o‘rganishgan, balki ulaming hajmini o‘lchashga harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti laureati Vasiliy Leontevning 1930-yilda xarajatla-natijalar jadvalini va ekonometriklar, deb tanilgan maxsus iqtisodchilar guruhining tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlarining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib bergan. Ulardan keyingi ba’zi merkantilistlar ham bu o‘zaro bog‘liqlikni tan olishgan va ulaming birgalikdagi munosabatlari Adam Smitning bozor iqtisodiyotining faoliyati haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos bo‘lgan. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling