1. Bozor mexanizmi va uning elementlari Bozor


Bozor eksperimenti (tadqiqoti)


Download 101.41 Kb.
bet4/11
Sana06.02.2023
Hajmi101.41 Kb.
#1170270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1510121463 69614

Bozor eksperimenti (tadqiqoti)yangi parametrlar, yangi narxlar o‘rnatilganda, iste’molchilarni solishtirma taxlil qilinganda tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri test qilishni ko‘zda tutadi.
Statistik usul - real statistik ma’lumotlarni o‘rganish asosida ma’­lum davr uchun aniq bir tovarga bo‘lgan talab va narxni o‘zaro bog‘­liqligi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar tadqiq qilinadi.
Talabning hajmini aniqlash uchun, talab hajmi va talab narxi kabi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi.
Talab hajmi (Qd) – haridorlar joriy vaqtda, joriy joyda, joriy narh­larda xaridorlar sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar xajmi. Talab xajmiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Masalan: iste’­molchilarning xoxish-istaklari, ularning daromadlari hajmi, mazkur tovarning bozordagi narxi, potensial xaridorlar soni va boshqalar.
Talab narxi (Pd) – joriy vaqtda aniq tovar va xizmatlar uchun xaridorlar tomonidan to‘lanadigan maksimal narx.
Agarda bozordagi real narx, konkret iste’molchi talabi narxidan past bo‘lsa, unda ortiqcha iste’molchilar paydo bo‘ladi, mazkur tovar va xizmatlar sotib olayotgan shaxs sof foyda oladi.
Talab xajmi va uni aniqlab beruvchi omillar o‘rtasidagi hajm jiha­tidan bog‘liqlik talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab xajmining bozor­dagi narxga bog‘liqligining grafik chizmasi talab egri chizig‘i deyiladi.


1-rasm. Talab egri chizig‘i
Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonu­ni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovar­ga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, tes­ka­risi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi.
Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushun­ti­riladi: Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mum­kin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi - daromad samarasi.
Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan al­mash­tirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish samarasi.

Download 101.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling