1. Bozor mexanizmi va uning elementlari Bozor
Bozor muvafaqqiyatsizliklari
Download 101.41 Kb.
|
1510121463 69614
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bozordagi talab. Talab qonuni
Bozor muvafaqqiyatsizliklari – bozor mexanizmining iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir.
Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta subyekti alohida ko‘rsatiladi – Uy xo‘jaliklari, firmalar va davlat. Uy xo‘jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo‘jalik birligidir. Uy xo‘jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishlidir. Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan, asosiy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o‘zi xal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir. Davlat – keng ma’noda xo‘jalik subyekti va bozorni nazorat qilish xuquqiga ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig‘indisidir. Davlat o‘z faoliyatida jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshirishga xarakat qiladi. 2. Bozordagi talab. Talab qonuni Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar tizimini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo‘lgan talab va taklif orqali aniqlanadi. Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi. Talab – bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir. Talab individual va bozor talabiga bo‘linadi. Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor talabini keltirib chiqaradi. Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullardan foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi. Xaridorlardan olinadigan so‘rov yoki intervyu. So‘rov – xaridorlarning xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Biroq so‘rov jarayonidagi obyektiv qiyinchiliklar tufayli aniq ma’lumotlar olish darajasi past. Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning dinamikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi. Download 101.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling