1-bt-21guruh talabasi Tolmasova Robiya Mavzu: Sohaning faol va nofaol terminlari


Download 197.77 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi197.77 Kb.
#1082452
Bog'liq
2 5271502684262768835

1-BT-21guruh talabasi Tolmasova Robiya


Mavzu: Sohaning faol va nofaol terminlari .


Reja :
1.O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fani haqida qisqacha ma’lumot.
4.Nutq va adabiy me’yor.
2.Til va yozuv masalalari va o‘zbek yozuvi tarixi.
3.Sohadagi faol va nofaol terminlar.
Og‘zaki va yozma savodxonlik til me’yorlarini puxta o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Har qaysi zamonda, har qaysi makonda savodxonlik insonning yaxshi fazilati sifatida ulug‘lanib kelingan. Og‘zaki va yozma savodxonlikka erishishni ta’minlovchi tilshunoslikning bo‘limi orfoepiya, orfografiya sanaladi. Talaffuz imlo bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Adabiy til qonuniyati asosida to‘g‘ri yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so‘zning talaffuzi bilan yozilishi doim ham to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan, iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin “s” aytilsa ham, “z” yoziladi. Yoki baland, Samarqand, poyezd; do‘st, g‘isht kabi so‘zlarda d,t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yozuvda yoziladi. Tafakkur arabcha so‘z bo‘lib, fikr yuritish, o‘ylash, fikrlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz.
01
1988-yildan boshlab o‘zbek ziyolilari ham matbuotda o‘zlarining qator maqolalari bilan tilimiz haq-huquqini tiklash, uni davlat tiliga aylantirish muammosini ko‘tarib chiqdilar. Bu masalaga bag‘ishlangan bir qancha anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tili O‘zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e’lon qilindi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo‘llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir.
«Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o‘tgach, respublikamiz hayotida katta o‘zgarish ro‘y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mustaqillik qo‘lga kiritildi.
O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.
2. 1995-yil 24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (82 qoida) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
3. Milliy munosabatlarni yaxshilash, davr taqozosi bilan 1995-yil 21-dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonun (1989-yil 21-oktabrda tasdiqlangan qonun)ga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi.
4. “Davlat tili haqida”gi qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, 1-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozilgan. 5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir”, deb ta’kidlangan. “Sohada o‘zbek tilining qo‘llanishi” fani “Davlat tili haqida”gi Qonunning quyidagi moddalariga tayanadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi 1995- yil 24- avgustda 339-sonli qaror bilan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi. Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq qiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni ko‘rsatuvchi arabcha raqamlarga ham tatbiq etilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalar ancha ixchamlashgan. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishidagi holat alohida izohlangan; men, sen olmoshlariga -ni, ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmasligi va yozilmasligi aniq qilib tushuntirilgan va hokazolar.
Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol-xol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilanjoylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir. Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (gishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi - qarorni emas),takror va keraksiz ifodadan qochish (turgan joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz, mantiqsiz qiladi.
O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yozuvlardan foydalanib keldi. Miloddan oldingi asrlardanoq ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar.
Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq qiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni ko‘rsatuvchi arab raqamlariga ham tatbiq etilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalar ancha ixchamlashgan.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg‘u bo‘lsa, bu millatning milliy o‘zligini anglash tuyg‘usidir. Milliy o‘zlikni anglashning birinchi belgisi esa bu milliy tilni bilish demakdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy madaniyatning ulkan yutug‘i, xalq ma’naviy hayoti rivojining ko‘zgusi hamdir. Til shu til egasi bo‘lgan xalqqa kuch va qudrat, ruhiy barkamollik beradi, milliy faxr-iftixor tuyg‘usini shakllantiradi.Shaxsning madaniy va ma’naviy saviyasi uning ona tilini mukammal bilishi bilan belgilanadi. O‘z ona tilisini bilmagan kishi boshqa xalqlarning tillarini bilgan taqdirda ham uning qadriga yeta olmaydi.Ta’lim sohasida ham davlat tilining mavqeini tiklashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun oliy o‘quv yurtlari zimmasiga barcha fanlar qatori rus guruhlarida o‘zbek tili ta’limini yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi.
Tilni o‘rganish, uning nozik qirralarini ilg‘ash, tilga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish orqali talabalarning ma’naviyatini shakllantirish, ularning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish lozim. Umuman olganda, o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan dars usullari doimo talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, mavzularni yengilroq o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Dars usullarining rang-barangligi esa pedagogning mahoratiga bog‘liqdir. Shuningdek, talabalarda tilni anglash hissini o‘stirish ularning ma’naviyatini boyitishga xizmatqilishini unutmasligimiz kerak.

E'tiboringiz uchun rahmat!


Download 197.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling