1. Buddizm tarixi va uning ta’limoti haqida
Buddizmning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va mahalliy markazlari
Download 49.02 Kb.
|
Nig\'matulloev Ilhomning Mustaqil ishi O\'zb[2]
3. Buddizmning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va mahalliy markazlari
O‘rta Osiyoda buddizm tarixini o‘rganish buyicha tadqiqotchilardan L.I.Albaum, R.CH.Bagchi, V.V.Bartold, T.V.Balyaeva, A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, V.P.Vasilev, B.V.Veymarn, A.N.Zelenskiy, E.P.Denisov, M.E.Masson, E.V.Retveladze, B.Y.Staviskiy, A.S.Strelkov, B.A.Turg’unov, Z.I.Usmonova, V.B.Henning, V.A.Shishkin kabi O‘zbekistonlik va chet ellik arxeolog olimlar izlanishlar olib borganlar. Ularning ekispiditsiyasi natijasida yozilgan maqola, risola va monografiyalar ushbu mavzuni o‘rganishda qullanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Yuqorida sanab utilgan mualliflarning barchasi buddizm tarixini O‘rta Osiyodagi tarixiy-memoriy yodgorliklarning arxeologik tadqiqotlar asosida yoritib berganlar. Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O‘rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shoxi Kanishka hukmronligi davriga taluqli deb biladilar (I asrning oxiri -II asrning boshlarida). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydi. B.A Litvinskiyning fikricha, Buddizm Shimoliy-G‘arbiy Hindiston va Janubiy Afg‘oniston (Qandahor) orqali taxminan milloddan avvalgi III-asrda Baqtriyaga (O‘zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan. Baqtriyaga Budddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida boshqa fikr ham mavjud. Tadqiqotchi R.Ch.Bakchi bu jarayon podshoh Ashoka (mil.avvalgi 273-232 yillar) hukmronligi davrida yuz bergan deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni arxeologik materiallar yetarli emas. Shuning uchun han butizm bu hududga Kushonlar davrida kirib kelgan, degan fikr haqiqatga yaqinroq, Chunonchi B.Y.Staviski bu fikrni Kushonlar hukumatining hing viloyatlari va budist jamoalarinig homiylari bilan aloqalari mustahkam bo’lganlari bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda Baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar budizm bilan tanish bo’lganliklarining tasdiqlovchi ma’lumotlar ham bor.6 Millodan avvalgi I-asr va millidning IV asrlari oralig‘ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yunalishi davlat dini dib elon qilindi. Buguncacha buddizm hindistonda uzoq tarixga ega bo‘lsada, u yerda asosiy yunalish bo‘lgan Xiyana ham binday mavqeyga erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keying Kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar ular bu din ananalarining amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar urtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz Turkiston, Samarqand, Shosh, Quva, Koson, O‘sh, Bolosug‘un, Qoshig‘ar, va boshqa shaharlada buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibotdatxonalarini qurib, buddizmning muqqaddas kitoblari, Sutra va Pastirlar urganish, tarjima qilish va sharhlash uchun sharoitlar yaratib berdilar. Hozirgi Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarining tasviri va boshqa osori antiqalar, va ibodatxonalar O‘rta osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbaladir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi Turkiy yozuvdir Uyg‘ur bitiklari va boshqa yozuvlarida saqlanib qolgan. O’rta osiyoning janubida Sarvastivada maktabining ilk kurinishi-Vaybxashika maktabining talimoti yoyilgan. U buddizmning Xinayana oqimiga tegishli. Ammo Vaybxashika talimoti bazi jihatlar bilan Maxayananiyoyish uchun zamin tayorlaganlar. O‘rta Osiyoda buddizmning boshqa maktablari ham yoyilgan. Qoratepadan topilgan spool buyumlardagi kxaroshtxi yozuvlari bu yerdagi Maxasangxika talimotini aks ettirgan. Maxasangxika maktabi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi uchun kata rol uynagan. Qoratepaning boshqa qismida braxmi yozivudagi bitiklar esa O‘rta Osiyoga keyinchalik Kanishka davrida kirib kelgan Sarvastivada buddist maktabi talimotining yoyilgaligidan xabar beradi.7 Mill. avv. III-I asrlarda buddizm Hindiston hududidan chiqib Janubiy-Sharqiy yunalish buyicha asosan Xinayana talimoti shaklida yoyilgan. Lekin milodning boshlarida shimolga, shimoli-g‘arbga hamda shimoli-sharqqa Maxayana tarzida harakat qildi. Buning sababi bir necha asrlar mobaynida Shimoliy Hindiston Markaziy Osiyo hududlarining yagona Kushon saltanati bayrog‘i ostida birlashtirilishi bo’ldi. Aynan Markaziy Osiyo orqali buddizm Uzoq Sharqqa kirib bordi va u yerda ikkinchi hayotini boshladi. O’rta Osiyoda buddizm tarixiga tegishli obidalarning ko‘pligi jihatidan Fayoztepa eng yirik yodgorlik hisoblanadi. U yerdan diniy bitiklar, haykkallar bilan birga topilgan ibodatxona hududi ancha kata joyni egallaydi. Download 49.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling