1 булим: давлат бюджетининг ижтимоий- и+тисодий мазмуни ва уни шакллантиришнинг молиявий и+тисодий асослари


Mavzu: Chet el valyutasini qabul qilish tartibi


Download 289.49 Kb.
bet15/21
Sana06.04.2023
Hajmi289.49 Kb.
#1277772
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Banklarda bux hisob maruza matn (автовосстановление)

Mavzu: Chet el valyutasini qabul qilish tartibi.
Reja:

  1. Ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish.

  2. Bank kassalaridagi mavjud naqd pullarning yetarliligi.

  3. Naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklariga madad pullari berish.

Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd soʻm bilan taʼminlash maqsadida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi. Madad pullari Markaziy bankning HBB Hisob-kitob-kassa markazi (HKKM) aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi (Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. OʻzR AV tomonidan 16.08.2017 yilda 2912-son bilan roʻyxatga olingan).


HKKM tomondan tijorat banklariga jismoniy shaxslardan chet el valyutasini xarid qilish uchun soʻmda madad puli berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmatining joylardagi boshqarmalari (boʻlimlari) orqali tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, tijorat banklarining yozma buyurtmalari hamda Respublika Markaziy banki va uning HBBlari farmoyishlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu madad pullari faqatgina tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi, boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish Markaziy bank HBBning tegishli farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
Bank kassalaridagi mavjud naqd pullar keyingi kunda kutilayotgan toʻlovlarni hisobga olgan holda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun yetarli boʻlmagan hollarda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun Markaziy bankning HBBga buyurtma asosida murojaat qiladi (Markaziy bankning HBBlariga Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish
toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma. OʻzR AV 26.10.2005 yilda 1518-son bilan roʻyxatga olingan).
Bank tomonidan soʻralgan madad pullari Markaziy bankning HBB farmoyishiga asosan HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan inkassatsiya xizmati orqali beriladi. HKKMlarda mazkur farmoyishga asosan tijorat banklariga madad puli joʻnatilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10109000 — «Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari», Kredit 10101000 «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvaragʻi.
HKKM aylanma kassasida tijorat banklari filiallari tomonidan soʻralgan madad pullarini berish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, shu kunning oʻzida Markaziy bankning HBB HKKM aylanma kassasini madad puli bilan taʼminlash choralarini koʻradi. Markaziy bankdan olingan emissiya ruxsatnomasiga asosan olingan madad pullarini Markaziy bankning HBB ertangi kundan kechikreditirmasdan tegishli tijorat banklari filiallariga belgilangan tartibda inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklariga madad pullari berish maqsadida zaxira fondidan aylanma kassaga naqd pul oʻtkazish uchun berilgan emissiya ruxsatnomalaridan:

    1. Markaziy bankning HBB ruxsatnoma olingan kunni hisobga olmagan holda uch bank ish kuni davomida;

    2. HKKM Markaziy bankning HBBdan ruxsatnoma olingan kunni hisobga olmagan holda ikki bank ish kuni davomida foydalanishi mumkin.

Markaziy bankning HBB boshligʻi, Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshligʻi, Emissiya-kassa amaliyotlari boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi hamda HKKM direkreditori olingan emissiya ruxsatnomalarini foydalanish muddatiga amal qilgan holda ishlatilishini taʼminlaydi.
Tijorat banklari filiallariga naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun beriladigan madad pullari uchun tijorat banki filiali vakillik hisobvaragʻida yetarli miqdorda mablagʻ mavjud boʻlmasa oldindan naqdsiz pul oʻtkazib berilishi talab etilmaydi. Tijorat banki filialiga inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan soʻmdagi madad pullari bank filialining qimmatliklarni but saqlanishi uchun javobgar mansabdor shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, ushbu naqd pullar 10196 - hisobvaragʻiga kirim qilinadi. Bunda, quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:

  1. Tijorat banklariga HKKMdan madad puli keltirilganda: Debet 10101000 - Aylanma kassadagi naqd pullar, Kredit 29896000 - Boshqa majburiyatlar hisobvaragʻi.

  2. HKKMlarga tijorat banklaridan madad pulini olganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma kelganda:

Debet 19997000 - Boshqa akreditivlar,
Kredit 10109000 - Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov
hujjatlari hisobvaragʻi.
v) Tijorat banki 10101 -hisobvaragʻiga HKKMdan olingan madad pulini kirim qilgandan soʻng, ushbu mablagʻlar dasturiy yoʻl bilan 10196-hisobvaragʻiga
17301 - «Tranzit hisobvaragʻi» hisobvaragʻidan foydalangan holda oʻtkazadi:

  1. Aylanma kassadagi naqd pullar chiqarilganda,

Debet 17301000 - Tranzit hisobvaragʻi»,
Kredit 10101000 - Aylanma kassadagi naqd pullar hisobvaragʻi.

  1. 10196-hisobvaragʻiga kirim qilinganda,

Debet 10196000 — Chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bankdan olingan naqd pullar zaxirasi va jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi,
Kredit 17301000 —Tranzit hisobvaragʻi.



Download 289.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling