1 булим: давлат бюджетининг ижтимоий- и+тисодий мазмуни ва уни шакллантиришнинг молиявий и+тисодий асослари


Mavzu: Tijorat banklarining qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalari hisobi


Download 289.49 Kb.
bet12/21
Sana06.04.2023
Hajmi289.49 Kb.
#1277772
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Banklarda bux hisob maruza matn (автовосстановление)

Mavzu: Tijorat banklarining qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalari hisobi.
Reja:

  1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi.

  2. Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi.

  3. Qimmatli qog‘ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari hisobi.



Qimmatli qog‘ozlar bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi divident yoki foiz ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatidir.
Qimmatli qog‘ozlarning bir qancha turlari bo‘lib, ularga aksiya, obligatsiya, veksel, depozit, jamg‘armali sertifikatlar va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari universal bank bo‘lib, ko‘plab bank operatsiyalari qatori qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarning emitentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki ko‘p banklar aksiyadorlik banklari bo‘lib, o‘z ustav sarmoyalarini shakllantirish maqsadida aksiyalar chiqaradilar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog‘ozlar bilan investitsion operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog‘ozlar bozorida sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan, vositachilik operatsiyalar bilan shug‘ullanadilar.
Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008- yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bajaradigan operatsiyalaridan biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishdir. Amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, veksel va boshqa qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘luvchi qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarishlari mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar hisobi ularning nominal qiymati bo‘yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda provodka quyidagicha bo‘ladi:
Debet 90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”;
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.


Debet 90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”
Kredit 96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.

Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyatlar” bo‘limida 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» asosiy balans hisobvarag‘i ochilgan bo‘lib, uning o‘zi bir nechta hisobvaraqlarga bo‘linadi:





23602 — Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 — Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari 23606 — Chiqarilgan depozit sertifikatlari 23608 — Chiqarilgan veksellar
23610 — Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar.


Ushbu hisobvaraqlarning kreditida bank tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetidan so‘ndirilganda yoki so‘ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‘oz egalaridan qayta sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i
Kredit 23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”.
Qimmatli qog‘ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi:
Debet 96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”.


Debet 96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23696 «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi.
Debet 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga
Kredit 23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga

Download 289.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling