1 булим: давлат бюджетининг ижтимоий- и+тисодий мазмуни ва уни шакллантиришнинг молиявий и+тисодий асослари


Download 289.49 Kb.
bet9/21
Sana06.04.2023
Hajmi289.49 Kb.
#1277772
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Banklarda bux hisob maruza matn (автовосстановление)

Debet 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”
Kredit 10301 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mahsulot sotuvchi korxona hisobvarag‘i”
13101 – hisob raqamida bank tomonidan xususiy firmalar, shirkatlar va jamoa xo‘jaligi va shu kabi xususiy mulkchilik shakliga ega bo‘lgan korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Bu hisob raqam bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Kredit oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga binoan kreditni qaytarish muddatlari belgilanadi. Kreditning qaytarish muddati tugagandan so‘ng ssuda qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi. Kreditni qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.
Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”
Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
Bu buxgalteriya provodkasi agar mijozning talab qilinguncha saqlanadigan depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun yetarli pul mablag‘g‘lari bo‘lgan holda bajariladi. Agar qarzdorning hisobvarag‘ida ssudani qaytarish uchun mablag‘g‘i yo‘q bo‘lsa, ssuda summasi 13101 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Bu operasiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi:
Debet 13105 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” .
Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng ham qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy korxona va nodavlat korporasiyalariga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan kreditlar” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Kreditlarning qaytishi ma’lum riskni talab qiladi. Shu sababli banklarda kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. Xususiy korxonalariga va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasining hisobini olib borish uchun 13199 balans hisob raqami ochiladi. Unda bankning xususiy firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari hamda korxonalari, korporasiyalariga bergan qarzlari undirib olinmay qolishi mumkin bo‘lgan qismi bo‘yicha ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib boriladi. Analitik hisob har bir mijoz va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, firma, bank va boshqalarga kredit berish va berilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha operasiyalar ham xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Faqat tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi.
1. Muddatli va muddati o‘tgan ssudalar bo‘yicha foizlar hisoblash va undirish tartibi.
Har bir kredit bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kelishilgan miqdordagi foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi. Foizlar bo‘yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi.

Download 289.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling