1 булим: давлат бюджетининг ижтимоий- и+тисодий мазмуни ва уни шакллантиришнинг молиявий и+тисодий асослари


Download 289.49 Kb.
bet6/21
Sana06.04.2023
Hajmi289.49 Kb.
#1277772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Banklarda bux hisob maruza matn (автовосстановление)

To‘lov talabnomasi – bu mahsulot yyetkazib beruvchi va mablag‘g‘ oluvchilarning belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabnomani o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir.
Hisob-kitoblarning to‘lov talabnomalari orqali o‘tkaziladigan shaklida ishlatiladigan asosiy hujjat bu – to‘lov talabnomasidir. To‘lov talabnomalari mahsulot yyetkazib beruvchi tomonidan belgilangan № 0505411001 shakldagi blankalarda bankka taqdim etiladi.
To‘lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:

    • yuklab jo‘natilgan tovarlar uchun;

    • bajarilgan ishlar uchun;

    • ko‘rsatilgan xizmatlar uchun;

    • amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar uchun.

To‘lov talabnomasida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan talabnoma nomeri, uni to‘ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisobvaraq nomeri, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to‘lovchi korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi, to‘lov summasi va to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo‘lib ko‘rib chiqamiz:



  1. bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lov talabnomasini inkassoga qabul qilinishi.

  2. bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomalarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalari.

  3. bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qilish bo‘yicha operatsiyalar.




  1. bosqich. Mahsulot yyetkazib beruvchi bankida to‘lov talabnomasini inkassoga qabul qilinishi

To‘lov talabnomasi mahsulot jo‘natilgandan so‘ng shartnomada belgilangan muddatlarda mahsulot jo‘natuvchi korxona tomonidan ro‘yxat, ya’ni reyestr asosida bankka inkassoga topshiriladi.
To‘lov talabnomalari 2 yoki 3 nusxada to‘ldiriladi. Agar mahsulot yyetkazib beruvchi va to‘lovchi tomonlarga bitta bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa talabnoma 3 nusxada taqdim etiladi. Bu holda to‘lov talabnomalarning har bir nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
-birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to‘lovi amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi to‘lov oluvchining hisobvarag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhr izi qo‘yilgan va qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda beriladi;
-uchinchi nusxa qabul qilish sanasi, to‘lovni amalga oshirish sanasi, mas’ul ijrochining imzosi va bank to‘rtburchak muhr izi qo‘yilgan holda to‘lovchiga uning hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.
Agar to‘lovchi va mahsulot yyetkazib beruvchi bir hudud ichidagi yoki turli hududlarda joylashgan turli bank bo‘limlari xizmatidan foydalansalar, bu holda to‘lov talabnomalari 2 nusxada bankka taqdim etiladi. Ularning har ikkala nusxalari pochta aloqasi yoki kurerlar orqali to‘lovchi bankiga jo‘natiladi.


2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to‘lov talabnomasini to‘lash bo‘yicha
operatsiyalar
To‘lovchi korxona bankiga mahsulot yyetkazib beruvchi korxona bankidan birinchi va ikkinchi nusxa to‘lov talabnomasi pochta aloqasi yoki kurerlar orqali kelib tushadi. To‘lov talabnomalari tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan akseptlash tartibida yoki akseptlamasdan to‘lanishi mumkin. Bank tomonidan talabnomalarni akseptlash uchun bir shahar ichidagi hisob-kitoblarda 3 kun, shaharlararo hisob-kitoblarda 5 kun muhlat beriladi. Lekin korxonaning iltimosiga ko‘ra bank bu muddatni 10 kungacha cho‘zishi mumkin. To‘lov talabnomaning rekvizitlari 1-kartoteka bo‘yicha yuritiladigan daftarga qayd etiladi va mijozga xabar beriladi. Mijoz bu haqda jurnalga o‘z imzosini qo‘yadi.
Talabnomaning ikkinchi nusxasi tovar-transport hujjatlari bilan birga keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan hujjatni akseptlash uchun qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda va to‘lov to‘g‘risida ma’lumot sifatida to‘lovchiga beriladi.
Agar banklarda 1-kartotekaning hisobini yuritish dasturiy yo‘l bilan olib borilmasa, bunday talabnomalar qabul qilingan kuni “To‘lov uchun akseptlanishi kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”ni hisobga olib borish daftarida ikki nusxada quyidagi rekvizitlarni ko‘rsatgan holda bank tomonidan qayd etiladi:

  • to‘lov talabnomasining bankka kelib tushish sanasi va to‘lov muddati;

  • to‘lovchining hisobvaraq nomeri;

  • to‘lovchining nomi;

  • bank kodi;

  • talabnomaning nomeri;

  • to‘lov maqsadi va summasi.

To‘lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi balansdan
tashqari provodka bajariladi:
Debet 90962 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Kredit 96319 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontrhisobvaraq”
Daftarda har bir to‘lov muddati bo‘yicha talabnoma summalari va bu summalarning yig‘indilari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 1-kartotekaning hisobi dasturiy yo‘l bilan amalga oshirilsa, talabnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan rekvizitlar komputerga kiritiladi.
To‘lov talabnomasini to‘lashdan bosh tortib yozilgan raddiya arizasi to‘lovchi tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu kunning o‘zidayoq 1- kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjatlari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot yyetkazib beruvchi korxona bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. To‘lovchi talabnomani akseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar o‘tkaziladi. To‘lovchi hisobvarag‘ida talabnomaning akseptlangan qismini to‘lashga yetarli pul mablag‘g‘lari bo‘lmaganda talabnoma “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kartotekasiga joylashtiriladi. Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi. Bunda talabnomaning dastlabki summasi o‘chiriladi va yonida to‘lovchi akseptlagan summa yozib qo‘yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to‘lovchi korxona hisobvarag‘iga pul mablag‘g‘lari kelib tushgandan so‘ng to‘lanadi.
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to‘lov talabnomasi bo‘yicha to‘lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to‘lov talabnomasi akseptlash uchun berilagn 3 kun muhlat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. To‘lov talabnomasini to‘lashdan avval to‘lovchi korxonaning depozit hisobvarag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi talabnomani to‘lash uchun yetarli pul mablag‘g‘larining to‘lovchi hisobvarag‘ida mavjudligini tekshiradi. Agar depozit hisobvarag‘ida yetarli pul mablag‘g‘lari bo‘lsa, talabanoma to‘lanadi. To‘lov talabnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:

Download 289.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling