1. Buyruqli iqtisodiyot va uning belgilari Naqt va kredit pullarning xususiyatlari


Download 422.69 Kb.
bet3/3
Sana19.10.2023
Hajmi422.69 Kb.
#1710159
1   2   3
Bog'liq
Variant 17

Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.),
Frantsiyada bu ta‘limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o‘rganish-lariga sabab bo‘ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishla-richa aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘milaydi. Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini
qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar.
Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat_edi:
-ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
maqsadga_muvofiq_kelishini_tushunib_yetmadilar;
-ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga_kelgan_tarixiy_kategoriya_ekanligini_tushunmadilar;
-ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘arishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘rin fikrga keldilar.
3. O’zbekiston milliy valyuta - so’mning muomilaga kiritilishi bosqichlari

Milliy valyuta tizimi bir qator bosqichlarni bosib oʻtgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda koʻp izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganildi.


1993-yilning 15-noyabridan boshlab toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida maʼlum tajribaga ega boʻlish uchun “Soʻm-kupon” oʻtish valyutasi sifatida xizmat qildi.
Ushbu yoʻnalishda yetarli tajriba toʻplangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi “soʻm” muomalaga kiritildi.
Dastlabki muomalaga chiqarilgan banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan. 1995-1996-yillarda banknot va tangalarni tayyorlashning toʻliq siklini joriy etish maqsadida Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qogʻoz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va oʻzimizda “pul ishlab chiqarish” yoʻlga qoʻyildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi.
Milliy valyutamiz – soʻm mamlakatda mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar soʻmda toʻlana boshladi. Shu tariqa davlatning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi mustaqil pul-kredit siyosati shakllantirildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 12-boʻlim, 58-bobida hukm, ajrim va qarorlarni ijro ettirish bilan bogʻliq normalar aks ettirilgan.
Shuningdek, hukm, ajrim va qarorlarni oʻz vaqtida tez va sifatli ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshirilib, ularning faoliyati “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida amalga oshiriladi va ular uchun huquqiy asos hisoblanadi.
Hukm, uning ustidan apellyatsiya shikoyati berish va protest bildirish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni yuqori sud koʻrib chiqqan kuni qonuniy kuchga kiradi. Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan boshlab uch kundan kechikmay, hukm chiqargan sud tomonidan ijro ettiriladi.
JPKning 530-moddasida sud ajrimi, qarorining qonuniy kuchga kirishi hamda ularni ijro etish asoslari keltirilib, unga koʻra birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish yuqori sudda koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi deb belgilangan.
Sudning shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi. Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini, gumon qilinuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim. Kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
JPKning 531-moddasida hukmni, ajrimni va qarorni ijro ettirish tartibi bayon etilgan boʻlib, hukm, ajrim va qarorni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi, hukmni ijro etish toʻgʻrisida farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilganda hukm oʻzgartirilgan boʻlsa, hukm nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinishi belgilangan.
Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart. Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka sabab boʻladi. Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi. Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega boʻlgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish toʻgʻrisida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi.
Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga yuboriladi.
Shuningdek, qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukm qonuniy kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart. Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi. Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qoʻriqlash choralarini koʻrish zarur boʻlsa sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqida mahkumni xabardor etib qoʻyadi.
Hukmning ijrosini kechiktirish JPKning 533-moddasida bayon etilgan. Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud boʻlganda kechiktirishi mumkin:
-mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida – u sogʻayguncha;
-hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador boʻlib qolsa – bir yildan oshiq boʻlmagan muddatga;
-mahkumaning yosh bolasi boʻlsa – u uch yoshga toʻlgunga qadar;
-jazoni darhol oʻtashni boshlash yongʻin yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona aʼzosi ogʻir kasal boʻlib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qoʻyishi mumkin boʻlsa – uch oydan oshmagan muddatga.
Hukmning jarima solish, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qiladi, oʻta xavfli retsidivistlarga va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emasligi belgilangan.
Ijro hujjatini tez va sifatli ijrosini taʼminlanishi ijro etuvchi organlariga juda katta masʼuliyat yuklaydi. Hozirgi zamon talabi va axborot telekommunikatsiyalari rivojlangan davrda elektron tizim orqali ijro hujjatlarini yuborish, uning ijrosini taʼminlash, natijasi yuzasidan maʼlumotlar kiritib borish yoʻlga qoʻyildi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini yuritadi, unga integratsiya qilingan tegishli maʼlumotlar bazasi orqali ijro hujjatlari yuboriladi, agarda ijro hujjatida undiruvchi yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki telefon raqami haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ijro ishi kelib tushgani va ish yurituviga qabul qilingani toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalariga qisqa xabar koʻrinishida maʼlum qilinadi.
Majburiy ijro byurosi rasmiy veb-saytida 2019-yil 1-oktyabrdan bepul asosda ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv xizmati koʻrsatish tizimi joriy etildi, shu asosida undirish qaratilgan mol-mulk “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qoʻyilgan paytdan boshlab sotilishigacha boʻlgan harakatini monitoring qilish imkonini beruvchi mol-mulk hisobini yuritishning yagona elektron axborot tizimi hamda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xarid qilingan mol-mulk uchun elektron, shu jumladan, xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalangan holda onlayn toʻlov qilish imkoniyatini joriy etildi.
Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash va ijro etishni paysalga solishga sabab boʻlgan holatlar uchun ham javobgarlik masalasini hal etishda normalar va asoslar mavjud. Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarori 4-bandida, Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash deganda, shaxs tomonidan nomulkiy xususiyatga ega qonuniy kuchga kirgan sud hujjati talabini bajarishdan boʻyin tovlash boʻyicha qilingan har qanday harakat tushunilishi lozimligi, biroq, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushbu harakat (harakatsizlik) shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 1981-moddasi boʻyicha maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan soʻng davom ettirilgan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun 71-moddasi talabiga rioya etilishi, chunonchi shaxs ham maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlishi, ham shaxs kelgusida sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan boʻlishi talab etilishi belgilangan.
Joylarda jinoyat sudlari ishchi guruhi rahbari sifatida sudlar tomonidan ijroga qaratilgan sud qarorlari ijrosini taʼminlanishini oʻrganib borish, samaradorligini oshirish boʻyicha majburiy ijro byurosi bilan har hafta solishtirmalar oʻtkazilib, amalga oshirilgan ishlarni kundalik nazoratga olingan.

1 B.Xodiyev, Sh.Shodmonov . Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2017. – 155-bet.

Download 422.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling