1. Chizmachilik uslublarida yerni chizish


Yerning yon chetining qoraygan qismiga ba'zi tafsilotlarni qo'shish uchun eng yumshoq qalamni tanlang


Download 39.58 Kb.
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi39.58 Kb.
#1640217
1   2   3   4
Bog'liq
Qurilish maydonchasini shunday

Yerning yon chetining qoraygan qismiga ba'zi tafsilotlarni qo'shish uchun eng yumshoq qalamni tanlang.

11-qadam
Yumshoq qalamni tanlang va yerning yuqori qismiga o't torting. Ushbu effektni yaratish uchun turli yo'nalishlarda qisqa chiziqlarni qo'llang.
12-qadam
Uzunroq chiziqlar qo'shib, alohida er uchastkalarida engil soya yarating.
13-qadam
Eng yumshoq qalamni tanlang, Yerning yon chetida soyani oshirish uchun qalamni qattiqroq bosing. Shuningdek, siz er yuzasiga soyali o't qismlarini qo'shib, tasodifiy urg'u qilishingiz mumkin.

14-qadam
Ishingiz tugagach, kompozitsiyani yanada qiziqarli qilish uchun bir nechta diqqatni tortadigan tafsilotlarni qo'shishingiz mumkin.

3.Qurilish mavdonchasini va ish joyini tashkil etish
Qurilish maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bunda barcha uchastkalar va ish joylarida mehnat xavfsizligi ta’minlangan bo’ishi kerak. Qurilish maydonchasi va ish jovini tashkil qilish QMQ 3.01.02-00 «qurilishda xavfsizlik texnikasi»ga asoslanib amalga oshiriladi. Har bir qurilish maydonida xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi bo'yicha tadbirlarini o’z ichiga olgan «Ishlab chiqarish ishlari loyihasi» (IChIL) deb nomlangan hujjat bo‘lishi kerak. Ishlab
chiqarish ishlari loyixasi qurilish boshqarmasining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanib, qurilish ishlarini boshlashdan ikki oy oldin qurilish joyiga beriladi. Bu xujjatsiz qurilish - montaj ishlarini baja- rishga ruxsat etilmaydi. Qurilish joyiga ish boshqaruvchilar (uchastka boshlig‘i, ish yuri-tuvchi yoki ustalar) mazkur loyiha bilan tanishib, shu xujjat asosida qurilish maydonchasi va ish joyini tashkil qilish uchun bir qator tayyorgarlik ishlarini bajaradilar.
Avvalo tashqi muhitdan taxta to‘siqlar bilan (to‘siqlarning balandligi 1,6metrdan kam bo'lmasligi kerak) o'ralib, transport vositalari va ish­ chilar kirib-chiqishi uchun darvoza o ‘rnatiladi. Darvoza oldiga transport vositalarining qurilish maydonchasida harakatining sxemasi va bino pasporti ham o‘rnatiladi. Sxemada qurilish materiallari va konstruksiyalarini tashiydigan transport vositalarining qurilish maydonchasidagi harakat tezligi, qaerda to'xtashi, yuklash-tushirish ishlarini bajaradigan joylar, xavfli zonalar va yana orqaga qaytadigan yo‘lning belgisi ko‘rsatiladi. Xaydovchilar shu sxema orqali qurilish maydonchasida aniq va puxta harakat qilishlari kerak. Qurilish pasportida esa qurilayotgan bino va qurilish boshqar­ masining nomi, ish boshqaruvchilarining familiyalari hamda bino qurilishi qachon boshlanib, qachon tugallanishi haqidagi yozuvlar o'z ifodasini topishi shart.
Qurilish maydonchasida transport vositalari harakatlanishi uchun vaqtinchalik yoMlarni shunday xisob bilan qurish kerakki, maydon- chaga kirayotgan avtomobillar yilning barcha faslini har qanday ob- havo sharoitida ham bemalol harakat qila olsin. Transport vositalari uchun me’yor bo‘yicha bir tomonlama harakat qiladigart yo'lning kengligi 3,5 m, ikki tomonlama harakatlanadigan yo'lning kengligi 6m bo'lishi kerak. Transport vositalari qaytadigan yo'lning radiusi
10m va boshqa yirik xajmli avtomobillar uchun 12 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

Qurilish maydonchasi elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi lozim. Tunggi smenalarda ishlovchilar uchun ulaming qulay joylarga va projektorlarning korpuslari, barcha elektr jixozlari, rubilniklar albatta yerga ulanishi kerak. Vaqtinchalik o'tkazilgan elektr kabellari yerga ko'milishi, buning iloji boimagan taqdirda ish joylarida 2,5m, ishchilar o ‘tadigan joylarda 3,5 m hamda transport vositalari harakatlanadigan joylarda esa 6 m balandlikka ko'tarilishi lozim.


Rubilnik va elektr jihozlarining eshiklari qulflanishi va ularga ogohlantiruvchi belgilar osib qo‘yilishi kerak. Ishchilar uchun madaniy-maishiy sharoitlar varatilishi, jumladan; vagon-uychalar har bir ishchi uchun alohida kiyim saqlaydigan shkaflar bilan jixozlangan boiishi, ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari, holi bo’lgan kiyimlarni quritish uchun maxsus joy, isinish va dam olish xonalari, yil bo'yi foydalanadigan dushlar, hojatxona, qo‘l yuvish uchun jixozlar hamda oshxonalar bo'lishi kerak. Bu yordamchi binolar qurilish maydonchasida harakat qilayotgan minorali kranlarning xavf lug'dirishi mumkin bo'lgan chegarasidan chetroq bo‘lishi lozim. Asbob-uskunalar va mayda materiallar saqlanadigan omborxonalar, vong'inni o'chirish vositalari hamda havfsizlik texnikasi burchagi, shuningdek chekish uchun maxsus joylar qilinishi kerak. Sement, ohak, alebaster va boshqa shu kabi changiydigan mater­iallar yopiq binolarda saqlanadi. Qurilish materiallari va konstruk-siyalari taxlanadigan joy yaxshilab tekislanadi hamda kerakli moslama (poddonlar, konteynerlar, kassetalar va boshqalar) bilan ta’minlanadi. Har bir material va konstruksiyalar qo‘yiladigan joyga ular aralashib ketmasligi uchun materialningnomi yozilgan ko‘rsatkichlaro‘rnatiladi. Qurilish-montaj ishlari boshlangandan so‘ng, ish joylari xavfsiz- ligini tashkil etish masalasi turadi.
Ish joylarini shunday tashkil etish kerakki, qurilish ob’ektlarida ishlayotgan har bir ishchining hayoti va sog iig ‘iga biror moslama yoki vositalar tomonidan xavf solinmasligi lozim, ya’ni ishchilaming bemalol mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Qurilish ob’ektida odamlar o‘tadigan joylardagi qazilgan kotlovan va chuqurliklar biron bir kishining tushib ketmasligi uchun to'siqlar bilan o‘ralib, o‘tish joyiga kengligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan ko‘p-rikchalar o‘rnatiladi. Ko‘prik yon tomonlaridagi to‘siqlarning baland-ligi 1 m dan kam bo'lmasligi kerak. Tunggi smenada qurilish maydonchasi yoritiladi va xamma ish joylarida yorug‘lik yetarli bo‘lishiga erishish talab qilinadi. Yuqoriga yoki chuqurlikka chiqib-tushishda ilmoqli narvonlardan foydalaniladi. Qurilayotgan bino yoki inshoot kirish qismining tepasiga kirib chiqayotganlarga yuqoridan biror narsa tushib ketmasligi uchun kengligi 2 m dan kam bo'lmagan ayvoncha qilinadi. Ayvonchaning og‘ish burchagi 20° dan ortib ketmasligi lozim. Zararli gaz paydo bo‘ladigan joylarda. shuningdek quduqlar, chuqurlik, handaq va shurflarda ish boshlashdan oldin u yerdagi xavo tarkibi maxsus asboblar bilan taxlil qilinadi. Buning uchun qurilish
laboratoriyasi xodimlari jalb etiladi. Qurilayotgan bino va havoza yoki supalardan axlatlar maxsus tarnovlar, yopiq yashik yoki konteynerlarda pastga tushiriladi. Tamovni pastki qismi yerdan 1 m dan ortiq bo‘lmagan balandlikda yoki axlat tashiydigan moslama ichida bo‘lishi kerak. Tamovlardan foydalanmasdan axlat tashlash faqat balandligi 3 m gacha boigan joylardangina tashlashga ruh sat etil adi. Shun da ham axlat tashlanadigan yerlarda biror kishi kelib qolmasligi uchun har tomondan o'raladi yoki ogoxlantiruvchi belgilar qo‘yiladi. Qurilayotgan binoning balandligi 25 m dan ortiq bo‘lsa, ishchi- larning chiqib-tushishlari uchun lift o‘rnatiladi.
Download 39.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling