1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
Download 0.9 Mb.
|
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya
- II.Dars turi
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. II.Dars turi:Aralash dars III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum. IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. 6. 92 ml hajmdagi zichligi 0,8 g/ml bo‘lgan etanolni to‘laligicha yoqish uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini (l n.sh) toping. (Havo tarkibida kislorodning hajmiy ulushi 20%) 7. 36 g propanolni to‘laligicha yoqish uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini (l n.sh.) toping. (Havo tarkibida kislorodning hajmiy ulushi 20%) 8. 30 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha gramm suv hosil bo‘ladi. 9. Spirtlarning umumiy yonish formulasidan foydalanib quyidagi reaksiyani davom ettiring va tenglashtiring. C4H9OH + O2 ...... 10. 20 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha (l n.sh.) uglerod (IV) oksid hosil bo‘ladi? VII. Dars bayoni: Tarkibida bir nechta gidroksil guruh tutgan organik moddalarga ko‘p atomli spirtlar deyiladi. Ular to‘yingan uglevodoroddagi bir nechta vodorod atomi o‘rniga bir nechta gidroksil guruhlari almashinishidan hosil bo‘ladi. Izomeriyasi va nomenklaturasi: Sistematik nomenklatura bo‘yicha 2 atomli spirtlarni nomlashda tegishli uglerovodorod nomiga “diol” qo‘shimchasi qo‘shiladi va gidroksil guruh tutgan uglerod atomlari raqamlar bilan ko‘rsatiladi: Agar etan molekulasidagi 2 ta vodorod atomini gidroksil guruhga almashtirsak etilenglikol formulasi kelib chiqadi.Bunda vodorod atomlari turli uglerodlardan olinib, ular o‘rniga gidroksil guruhlar keladi. Etilenglikolni xalqaro nomenklatura bo‘yicha etandiol-1,2 deb ham nomlasa bo‘ladi. Xuddi shunday propan tarkibidagi uchta vodorodni gidroksil guruhlarga almashtirsak glitserin formulasi hosil bo‘ladi. Tabiiyki, turli uglerod atomlaridagi vodorodlarni gidroksil guruhlariga almashtiramiz va glitserin formulasini hosil qilamiz. Glitserinni xalqaro nomenklatura bo‘yicha propantriol-1,2,3 deb ham nomlanadi. CH2(OH)CH(OH)CH2(OH) Tarkibida ikkita gidroksil guruhlari bo’lgan spirtlar ikki atomli spirtlar deyiladi. Masalan, etilenglikol. Uchta vodorod atomi gidroksil guruhlarga almashgan uglevodorodlar uch atomli spirtlar deyiladi. Bularga gliserin misol bo‘ladi. Hamma ko‘p atomli spirtlarda gidroksil guruhlarining har biri alohidaalohida uglerod atomlariga birikkan bo‘ladi. Ikkita gidroksil guruh bir uglerod atomiga birikkan spirtni hosil qilib bo‘lmaydi, chunki bunday spirtlar beqaror bo‘ladi. Fizik xossalari. Ko‘p atomli spirtlarning vakillari etilenglikol, glitserin va boshqa spirtlar shirin ta`mga ega bo‘lgan suyuqlik. Etilenglikol va glitserin suvda yaxshi eriydi. Shirin ta’mli bo‘lishi bilan birga etilenglikol zaharli modda hisoblanadi. VIII. Mustahkamlash:Mavzuga oid masala va uni yechimi. IX.Uyga vazifa: savol va topshiriqlarga javob 32-dars KO’P ATOMLI SPIRTLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. ISHLATILISHI Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling