1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish


Download 0.9 Mb.
bet60/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
1. Suyuq va qattiq yog‘lar tuzilishida qanday farq bor?
2. Yog‘lardan sovun olishda, qaysi modda(lar) ishtirokidagi gidrolizdan foydalaniladi?
3. Suyuq sovunlar olishda organik kislotalar qaysi ishqor bilan neytrallanadi?
4. Noma’lum organik kislota va glitserin eterefikatsiyasi orqali olingan yog‘ning molekulyar massasi 386 g/mol bo‘lsa, eterefikatsiyada qatnashgan kislota molekulyar massasini toping.
5. 1209 g palmitin kislotaning glitserinli hosilasini ishqoriy muhitda parchalash natijasida qanday massa (g) suyuq sovun hosil bo‘ladi ?
IX.Uyga vazifa: 6. 604 g moy kislotaning glitserinli hosilasini gidrolizidan hosil bo‘lgan karbon kislotani massasini (g) aniqlang. 7. 234 g propion kislotaning glitserinli hosilasini gidrolizidan hosil bo‘lgan karbon kislotani massasini (g) aniqlang.
46-DARS 30-§. UGLEVODLAR. MONOSAXARIDLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1 Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi tushunchalarni biladi va bayon qila oladi; organik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.
FK2 Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi: Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi; moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi. FK3 Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi: Organik birikmalarga oid masalalarni yecha oladi, ularning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, olish usullariva xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi; kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi; kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalarga tatbiq eta oladi.
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling