1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish


Download 0.9 Mb.
bet62/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Monosaxaridlar strukturasiga asoslanib glukoza bilan fruktozani qanday reaktivlar bilan farqlash mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang.
2. Glukoza molekulasi tarkibidagi funksional guruhlarning mavjudligini qanday reaksiyalar yordamida isbotlash mumkin?
3. Glukozaning ochiq halqali formulasi tarkibida gibridlangan orbitallar yig‘indisini hisoblang.
4. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 72 ta sp2 gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid massasini (g) aniqlang.
5. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 108 ta sp2
gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid
yonishidan hosil bo‘lgan CO2 ning hajmini (l n.sh.) aniqlang.
IX.Uyga vazifa:
6. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 324 g cho‘kma hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 1,5:1 bo‘lgan bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping.
7. Maltoza va saxarozadan iborat aralashma gidrolizidan hosil bo‘lgan moddalar bilan “kumush ko‘zgu” reaksiyasi o‘tkazildi. Natijada 392 g kislota hosil boldi. Agar dastlabki aralashmada moddalar nisbati mos ravishda 2:1 bo‘lgan
bo‘lsa, ushbu aralashmaning massasini (g) toping.
8. 3 mol glukozaning spirtli bijg‘ishidan hosil bo‘ladigan etanol massasi (g) va gaz hajmini (l n.sh.) aniqlang.

47-DARS 31-§. DISAXARIDLAR, POLISAXARIDLAR. OLINISHI VA XOSSALARI


I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1 Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi tushunchalarni biladi va bayon qila oladi; organik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling