1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish


Download 0.9 Mb.
bet65/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
1. Laboratoriya sharoitida glukoza hamda saxaroza eritmalarini bir-biridan farqlash uchun qanday reagentdan foydalansa bo‘ladi? Javobni tegishli reaksiyalar bilan izohlang.
2. Kraxmaldan etanol olish mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang.
3. Agar kraxmalning taxminiy molekulyar massasi 81·102 ga teng bo‘lsa, uning gidrolizidan qanday massada (g) glukoza olsa bo‘ladi?
IX.Uyga vazifa: 4. Agar kraxmalning taxminiy molekulyar massasi 64,8·103 ga teng bo‘lsa, uning yonishidan necha mol CO2 gaz hosil bo‘ladi?
5. 4 mol maltozani gidrolizidan olingan glukozani spirtli bijg‘ishidan qanday massada (g) etanol olish mumkin?
48-DARS MAVZU:MASALALAR YECHISH
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling