1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


Download 0.9 Mb.
bet120/195
Sana08.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#252828
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195
Bog'liq
10 SINF KONS[1]

V.Tashkily qism;

a)Salomlashish

b)Yo’qlama

c)Siyosiy daqiqa

VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

1. Suyuq va qattiq yog‘lar tuzilishida qanday farq bor?

2. Yog‘lardan sovun olishda, qaysi modda(lar) ishtirokidagi gidrolizdan foydalaniladi?

3. Suyuq sovunlar olishda organik kislotalar qaysi ishqor bilan neytrallanadi?

4. Noma’lum organik kislota va glitserin eterefikatsiyasi orqali olingan yog‘ning molekulyar massasi 386 g/mol bo‘lsa, eterefikatsiyada qatnashgan kislota molekulyar massasini toping.

5. 1209 g palmitin kislotaning glitserinli hosilasini ishqoriy muhitda parchalash natijasida qanday massa (g) suyuq sovun hosil bo‘ladi ?

VII.Dars bayoni:

Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan va inson hayotida muhim ahamiyatga

ega moddalardir. Ularning ayrim vakillari, masalan, kraxmal, glukoza, saxaroza

asosiy ozuqa moddalardan hisoblansa, boshqalari (kletchatka yoki selluloza)o‘simliklarga chidamlilik va qattiqlik beruvchi modda hamda mato, qog‘oz va turli xil tolalar olishda ishlatiladi.

„Uglevodlar“ degan nomning kelib chiqish sababi shundaki, ushbu sinfning birinchi o‘rganilgan vakillarining umumiy formulasi Cn(H2O)m ko‘rinishga mos kelgan, ya’ni ular xuddi, uglerod va suvdan tashkil topgan degan ma’noni bildirgan. Ammo hozirda uglevodlarning ushbu formulaga

javob bermaydigan vakillari ham ma’lum.

MONOSAXARIDLAR

Monosaxaridlar eng sodda uglevodlar hisoblanadi. Ularning umumiy nomini molekulasidagi uglerod atomlar sonini lotincha nomiga «oza» qo‘shimchasi qo‘shib o‘qish bilan hosil qilish mumkin. Masalan. C3H6O3-trioza; C4H8O4-tetroza; C5H10O5-pentoza; C6H12O6-geksoza; C7H14O7-geptoza.

Olinishi.

1. A.M.Butlerov eng oddiy uglevodlarni kalsiy gidroksid ishtirokida formalindan sintez qilgan:

2. Uglevodlar o‘simliklarda quyosh energiyasi ta’sirida va xlorofill pigmenti

ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo‘ladi, bu reaksiyani fotosintez jarayoni

deb ataladi: 6CO2 + 6H2O C6H12O6 + 6O2

3. Saxarozaning gidrolizi natijasida glukoza va fruktoza hosil bo‘ladi.

C12H22O11 + H2O C6H12O6 + C6H12O6

4. Maltozaninng gidrolizi natijasida saxarozadan farqli ravishda ikki molekula glukoza hosil bo‘ladi. C12H22O11 + H2O 2C6H12O6

Fizik xossalari. Glukoza (uzum qandi) shirin ta’mli, rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi.

Kimyoviy xossalari. Glukozaning tuzilishiga asoslanib, uni ko‘p atomli spirt hamda aldegid sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Aldegid sifatida monosaxaridlar oson oksidlanadi va ushbu sinfga xos “kumush ko‘zgu” reaksiyasini beradi. Hosil bo‘lgan mahsulot glukon kislota deyiladi:

CH2OH (CHOH)4 CHO + Ag2O CH2OH (CHOH)4 COOH + 2Ag

Aldegid guruhini oksidlash uchun mis (II) gidroksid ham ishlatilishi mumkin:

CH2OH (CHOH)4 CHO + 2Cu(OH)2 CH2OH (CHOH)4 COOH + Cu2O + H2O

2 CH2OH (CHOH)4 COOH + Cu2O + H2O

Glukoza vodorod bilan ta’sirlashganda bunda aldegid guruhi qaytariladi hamda spirt (sorbit – olti atomli spirt) hosil bo‘ladi:

CH2OH (CHOH)4 CHO + H2 CH2OH (CHOH)4 CH2OH

Glukoza ko‘p atomli spirt sifatida metallar gidroksidlari bilan ta’sirlashib kompleks birikmalar hosil qiladi.

Monosaxaridlarning eng muhim kimyoviy xossalaridan biri ularning mikroorganizm chiqaradigan fermentlar ta’sirida bijg‘ishidir. Spirtli bijg‘ish: C6H12O6 2CH3CH2OH + 2CO2

Qo‘llanishi. Glukoza qimmatli ozuqa mahsuloti. U a’zolarda murakkab biokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, natijada fotosintez jarayonida yig‘ilgan energiya ajralib chiqadi. Glukozaning oksidlanish jarayonini soddalashtirilgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:

C6H12O6 + 6O2→6CO2 + 6H2O + Q

Bu jarayon bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi, shuning uchun energiya sekin ajraladi. Glukoza a’zolarda oson hazm bo‘lgani uchun, u tibbiyotda quvvat beruvchi dori sifatida ishlatiladi. Glukoza qandolatchilikda ham keng qo‘llaniladi (marmelad, konfet, pryaniklar va boshqalar tayyorlashadi).

Fruktoza molekulasida spirtlarga xos bo‘lgan—OH va ketonlarga xos

bo‘lgan C O funksional guruhlar bor. Shuning uchun fruktoza ketonspirtdir.

U shirin mevalar, qamish shakari (saxaroza) va asal tarkibida glukoza bilan birgalikda uchraydi.

Fruktoza (meva qandi C6H12O6) – rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi.




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling