1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 0.9 Mb.
bet28/195
Sana08.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#252828
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195
Bog'liq
10 SINF KONS[1]

TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

II.Dars turi:Aralash dars

III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.

IV.Dars jihozi:

a)Darslik

b)Tarqatmalar.

V.Tashkily qism;

a)Salomlashish

b)Yo’qlama

c)Siyosiy daqiqa

VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

1. Siklopropan yonishidan 132 g CO2 va 108 g H2O hosil bo‘lsa, sarflangan

kislorod massasini aniqlang.

2. 5,6 g siklobutan yonishidan hosil bo‘lgan CO2 massasini aniqlang.

3. Siklopentan yonishidan 110 g CO2 va 45 g H2O hosil bo‘lsa, sarflangan

kislorod massasini aniqlang.

4. 210 g siklogeksanning xlor bilan reaksiyasidan hosil bo‘lgan monoxlorsiklogeksan

massasini aniqlang.

5. 1,2-dimetil siklopropandagi ikkinchi uglerodning oksidlanish darajasini

toping.

VII. DARS BAYONI:

Tarkibida bitta π bog’ saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarni etilen

qatori uglevodorodlari deyiladi. Bu qatorga kirgan har bir uglevodorod

molekulasini tarkibida tegishli to’yingan uglevodorod tarkibidan ikkita

vodorod atomiga kam bo’ladi. Alkenlarning umumiy formulasi CnH2n

bo’lib, ularning birinchi vakili etilen hisoblanadi. Etilenning bir valentli

radikali (CH2=CH-) vinil radikali deb ataladi.

Nomenklaturasi.

Alkenlarni sistematik nomenklatura muvofiq nomlashda tegishli alkan

nomidagi “-an” qo‘shimchasini “-en” yoki “–ilen “ qo‘shimchasiga almashtiriladi.

Masalan:


Propan CH3 CH2 CH3

Propen (Propilen) CH3 CH3 CH2 CH2

Alkenlarni sistematik nomenklaturaga muvofiq nomlashda avval asosiy

zanjir tanlanadi. Qo‘shbog‘ asosiy zanjirda bo‘lishi kerak. Asosiy zanjirdagi

uglerod atomlariga raqam qo‘yish qo‘shbog‘ tomondan yoki qo‘shbog‘ga yaqin

tomondan bo‘lishi kerak. Asosiy zanjir raqamlangandan keyin, alkanlarga

o‘xshab yonaki zanjirdagi radikallar alfavit bo‘yicha aytiladi . Oxirida asosiy

zanjir nomi va qo‘shbog‘ni o‘rni raqam bilan ko‘rsatiladi.

Alkenlarni ratsional nomenklaturaga muvofiq nomlashda barcha alkenlar

etilenning hosilasi deb qaraladi. Ya’ni, asos sifatida etilen olinadi.

Masalan: CH3 CH CH2 metiletilen

CH3 CH CH CH3 s i mmetrik dimetiletilen

Alkenlarni galogenli hosilalarini nomlash

Alkenlarni galogenli hosilalarini nomlash, alkenni nomlash kabi bo`lib,

faqat galogenlarni nomi, galogen bog`langan asosiy zanjirdagi uglerod atomini

raqami ko`rsatilgan holda alifbo tartibida yon zanjirdagi uglerod radikallari

bilan bir qatorda aytib o`tiladi.

VIII. Mustahkamlash

Mavzuga oid masala va mashqlar.

1. Quyida berilgan formulalar orasidan alkenlarga tegishli bo’lganini toping.

a) C2H2 b) C6H6 c) C3H8 d) C5H10

2. C4H8 formulaga mos keluvchi alkenlarni xalqaro va ratsional nomenklatura

bo’yicha nomlang.

3. Quyidagi moddalarni formulalarini yozing va ularni ratsional nomenklatura

bo’yicha nomlang. a) penten-2; b) 2-metilbuten-2; c) 2,2-dimetilgepten-3

IX. Uyga vazifa:

4. Alkenlarning umumiy formulasidan kelib chiqqan holda, molekulyar

massasi 84 g ga teng bo’lgan modda tarkibidagi uglerod atomlarining sonini

toping.

5. Quyidagi berilgan moddalarning struktur formulasini yozing: a)

1-brom-3-metilpenten-1; b) 2-etil-3-yodpenten-1; c) 3,4-dimetil-5-xlorgeksen-

1

6. Buten molekulasi tarkibidagi σ va π bog’lar nisbatini toping.





Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling