1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 0.9 Mb.
bet13/195
Sana08.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#252828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   195
Bog'liq
10 SINF KONS[1]

TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

II.Dars turi:Aralash dars

III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.

IV.Dars jihozi:

a)Darslik

b)Tarqatmalar.

V.Tashkily qism;

a)Salomlashish

b)Yo’qlama

c)Siyosiy daqiqa

VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

VII.Dars bayoni

Ҳar bir talaba palapartish ishlash, e’tiborsizlik, asboblar bilan yaqindan tanish bo’lmaslik, kislota va ishqorlarning ҳossalarini ҳamda xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik ko’ngilsiz xodisalarga sabab bo’lishini uqib olishi zarur.

Laboratoriya ishlari bajariladigan asosiy joy ish stoli doimo toza bo’lishi kerak.

Ishlayotganda shoshilmasdan, reaktivlarni to’kmasdan va sachratmasdan ishlash lozim. Ish vaqtida konsentrlangan kislota yoki ishqorlar to’kilgan joyni extiyot bo’lib tezda artish suv bilan yuvish, so’ngra kislota to’kilgan joyni soda eritmasi bilan, ishqor to’kilgan joyni esa sirka kislotaning 5% li eritmasi bilan neytrallash kerak, chunki bu moddalar stol va boshqa narsalarni ishdan chiqaradi.

Reaktiv solingan probirkalarni bir shtativdan ikkinchi shtativga olmang va probirkalarda turgan tomchi pipetkalarni bir probirkadan ikkinchi probirkaga solmang, chunki bunda ҳam ish tartibi buziladi, ҳam reaktivlar ifloslanadi.

Umumiy foydalanish uchun quyilgan reaktiv va asboblarni turgan joyidan o’z stolingizga olib bormang.

Shisha sinitsi, qotsoz, gugurt cho’pi, ishlatilgan metallarni va shunga o’xshash narsalarni rakovinaga tashlamasdan, rakovina tagiga qo’yilgan maxsus idishga tashlang. Shuningdek, ishlatilgan eritma va cho’kmalarni ҳam stol ustiga qo’yilgan maxsus idishga qo’ying.

Metallarni tejash uchun, reaksiyaga kirishmay qolgan metall bo’lakchalarini suv bilan yuvib, maxsus qo’yilgan idishga yitsish kerak. Тartib va ozodalikni ish joyidagina emas, balki laboratoriyada ҳam saqlash lozim.

Ishni bajarish tartibi.
Ҳar bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin, talaba oldingi ish yuzasidan xisobot tuzib o’qituvchiga ko’rsatganlaridan keyingina, keyingi laboratoriya ishini bajarishlariga ruxsat etiladi.

Yangi ishni boshlashdan oldin uqituvchi bir necha talaba shu ishning mazmunini qanchalik bilib olganliklarini tekshirib ko’rishi lozim. O’qituvchi talabalar nazariy materialni o’zlashtirib, eksperiment texnikasini tushunib olganliklariga ishonch ҳosil qilgandan keyingina ishni boshlash uchun rusxat etadi.

Тalabalar tayyorlagan asboblari va sxemalari tutsriligini o’qituvchi yoki katta laborant tekshirib ko’rib, ruxsat etgandan keyingina tajriba o’tkazishga kirishadi.

Тajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning o’ziga xos barcha xususiyatlarini tajriba tamom bo’lishi bilanoq ish daftariga yozib qo’ying. Ish tamom bo’lganidan keyin, talaba o’z ish o’rnini tartibga keltirishi lozim.

Ish daftariga laboratoriya ishi quyidagi tartibda yozilishi lozim:


  1. Ish bajarilgan kun;

  2. Тemaning nomi;

  3. Ishning mazmuni;

  4. Kuzatish natijalari;

  5. Reaksiya tenglamalari;

  6. Хisoblar va xulosalar.

Ishning so’ngida daftarga o’qituvchining imzosini qo’ydirib, ish yuzasidan berilgan kontrol savollarga javob berish lozim.




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling