1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi


Download 0.9 Mb.
bet44/195
Sana08.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#252828
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   195
Bog'liq
10 SINF KONS[1]

TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

II.Dars turi:Aralash dars

III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.

IV.Dars jihozi:

a)Darslik

b)Tarqatmalar.

V.Tashkily qism;

a)Salomlashish

b)Yo’qlama

c)Siyosiy daqiqa

VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

1.Alkanning umumiy formulasini toping.

A. CnH2n+2 B. CnH2n C. CnH2n-2 D. CnH2n-6

2.Alkanlarning gamologik qatorida izomeriya hodisasi qaysi alkanlardan boshlanadi.

A. Metan B. Etan C. Propan D. Butan

3.Xlroformning formulasi ko`rsating?
A. CH3Cl B. CH2Cl C. CH Cl D. CCl4

4.28,8 gr Alyuminiy karbid gidrolizlanganda hosil bo`lgan gaz hajmini n.sh da toping.

A. 5,6 litr B. 13,44 litr C. 16,8 litr D. 17,92 litr

5.Natriy atsetat yetarli miqdordagi NaOH b-n ta’sirlashganda 4,48l n.sh da gaz ajralgan bo`lsa necha gr tuz sarflanganligini ayting.

A. 9,5 B. 16,2 C. 16,4 D. 10,5

6.Siklogeksanni digidrogenlab kim benzol olgan?

A. N.D.Zeleniskiy B. A.M.Butlerov. C. N.N.Zinin. D. A.V.Kolbe.

7.Qishloq ho`jaligida insektitsidlar (zararkunandalarga qarshi) vosita sifatida ishlatiladigan moddaning formulasini ko`rsating.

A. C 6H 6Cl6 B. CH Cl3 C. C 2H5 Cl D. C 6H 5Cl

8.2xil galogen alkan Na metalli b-n ta`sirlashishi natijasida necha xil maxsulot chiqadi.

A. 1 B. 2 C. 3 D. 4

9.3,36 l tabiiy gaz (CH4) yonishi natijasida necha litr CO2 hosil bo`ladi?

A. 4,48 B. 3,36 C. 1,12 D.2,24

10.Quyidagi qaysi sikloalkanlarning yonishi uchun eng ko’p miqdorda kislorod kerak?

A.C3H6 B.C4H8. C. C5H10 D. C6H12

11.1,12 litr siklopropan tarkibidagi uglerod atomining massasini toping?

A. 108 B. 110 C. 98 D. 115

12.Siklopropanning 8,8gr propan olingan bo’lsa sarflangan vodorod hajmini n.shda toping.

A. 4,48 l B. 22,4l C. 1,12l D. 3,36l

13.Alkanlarning gomologik qatorida agregat holati gazsimon bo’lgan moddalarni toping.

A. metan, etan, propan, pentan B etan, butan, geksan, geptan.

C. metan, etan, propan, butan D. metan, propan, geksan,geptan

14.Izomeriya tushunchasini fanga kiritgan olim?

A. A.Berselius B. A.M Butlerov C. N.N Zinin D. N.D Zelinskiy

15.Tarkibida 4gr vodorod bo’lgan siklobutan qanday hajmni egallaydi.

A.22,4 B. 44,8 C. 11,2 D. 67,2

VIII. Mustahkamlash:Mavzuga oid masala va uni yechimi.

IX.Uyga vazifa: savol va topshiriqlarga javob

Mavzu:16-§. AROMATIK UGLEVODORODLAR. OLINISHI VA XOSSALARI

I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1-Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;

organik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;

Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;

organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.

FK2-Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;

organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;

moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi.

a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK3-kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o‘zini o‘z rivojlantirib, kamolotga intilish, kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish.

TK4-jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea, jarayonlarga daxldorlikni his etib, kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qilish.

b)Tarbiyaviy maqsad; TK5-organik kimyo fanining rivojlanish tarixi va bu yo‘nalishdagi Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish.

II.Dars turi:Aralash dars

III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.

IV.Dars jihozi:

a)Darslik

b)Tarqatmalar.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling