1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya
Download 0.9 Mb.
|
10 SINF KONS[1]
TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum. IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. 1. Tarkibida CO guruhi bor bo`lgan birikmalar qanday nomlanadi? A)nitrobirikmalar B)yog`lar C)oksobirikmalar D)spirtlar 2. Azot saqlovchi organik birikmalar keltirilgan qatorni toping. 1) Alkanlar 2) Aminlar 3) Alkenlar 4) Sikloalkanlar 5) Monosaxaridlar 6) Oqsillar 7) Alkadiyenlar 8) Nitrobirikmalar A)1,3,6 B)2,6,8 C)1,4,5 D)2,4,7 3. Metilamin tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping. A)0 B)-2 C)+3 D)-3 4. Metiletilamin molekulasidagi σ bog`lar sonini toping. A)13 B)12 C)10 D)9 5. Faqat organik birikmalar uchun xos bo`lgan reaksiya turlarini belgilang. A) birikish; ajralish C) polimerlanish; polikondensatlanish B) polimerlanish; almashinish D) birikish; polimerlanish. Darsning bayoni Alkanlar CnH2n+2 umumiy formulaga ega bo‘lib, ularni tarkibidagi barcha uglerod atomlari faqat σ (sigma) bog‘ orqaligina bog‘langan bo‘ladi. Tarkibidagi barcha C atomlari o‘zaro faqat σ (sigma) bog‘lar vositasida bog‘langan uglevodorodlarga to‘yingan uglevodorodlar deyiladi. To`yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi. Alkanlar ochiq zanjirli, sikloalkanlar esa yopiq zanjirli to`yingan uglevodorodlardir. 22 Bir sinfga kiruvchi xossalari o‘xshash bo‘lgan, tarkibi bir-biridan – CH2– guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar keltirilgan qatorni gomologik qator deyiladi. Formulasi Nomi CH4 Metan C2H6 Etan C3H8 Propan C4H10 Butan C5H12 Pentan Formulasi Nomi C6H14 Geksan C7H16 Geptan C8H18 Oktan C9H20 Nonan C10H22 Dekan Alkanlarning gomologik qatori: 23 Fomulasi Nomi CH3 Metil CH3 CH2 Etil CH3 CH2 CH2 Propil CH3 CH
CH3 Izopropil CH3 CH2 CH2 CH2 Butil CH3 CH
CH3 CH2 Izobutil Radikallar formulasi va nomi
To‘yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, tegishli uglevodordlarning radikallari hosil bo‘ladi. Radikallarning umumiy formulasi CnH2n+1 bo‘lib, radikal nomi to‘yingan uglevodorod nomidagi «an» qo‘shimchasi o‘rniga «il» qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan: CH4-metan CH3- metil C2H6-etan C2H5- etil
Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish. Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. Faqat alkanlar formulasi keltirilgan qatorni ko‘rsating. 1.C2H4, C7H12, C6H14 3.C4H10, C2H6, C5H12 2.C3H8, C4H6, C2H2 4.C2H2, C5H12, C4H6 2. Geptan hamda oktan tarkibidagi C–C hamda C–H bog‘lar sonini mos ravishda aniqlang. 4. Quyidagi moddalarning struktura formulasini yozing 1) metiletilizopropil metan; 3) dimetiletilbutil metan; 4) propilizopropil metan
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling