1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari:________F.A.Turdiyeva
Download 0.9 Mb.
|
10 SINF KONS[1]
O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari:________F.A.Turdiyeva
___-dars . ORGANIK BIRIKMALARGA XOS REAKSIYA TURLARI Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1,FK2 a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2, TK3, TK6 b)Tarbiyaviy maqsad; TK4 ,TK5 Dars turi:Aralash dars Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum. Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar. Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. Darsning bayoni Organik birikmalar ularning tarkibiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadilar: 1. Uglevodorodlar. Bular tarkibida faqat uglerod va vodorod atomlari bo‘lgan birikmalardir. 2. Tarkibida uglerod va vodorod bilan bir qatorda kislorod atomi ham bor bo‘lgan birikmalarni kislorod saqlovchi organik birikmalar deyiladi. 3. Tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari azot atomi ham bor bo‘lgan birikmalarni azot saqlovchi organik birikmalar deyiladi. Azot saqlovchi organik birikmalar tarkibida kislorod atomi ham bo‘lishi mumkin. Uglevodorodlar uglerod atomlari orasida bog‘lanishlarni turiga qarab to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarga bo‘linadilar. To‘yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi. To‘yinmagan uglevodorodlarga alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar va aromatik uglevodorodlar kiradi. Shu bilan birga uglevodorodlar ochiq zanjirli va yopiq zanjirli bo‘lishi mumkin. Ochiq zanjirli uglevodorodlarga alkanlar, alkenlar, alkadiyenlar va alkinlar kiradi. Yopiq zanjirli uglevodorodlarga sikloalkanlar va aromatik uglevodorodlar kiradi. Tarkibida gidroksil guruhi bor bo‘lgan moddalarga spirtlar va fenollar kiradi. Agar gidroksil guruh alkil radikallari bilan bog‘lansa, spirtlar hosil bo‘ladi. Agar gidroksil guruh benzol yadorsi bilan bevosita bog‘langan bo‘lsa, fenollar hosil bo‘ladi. Spirtlar va fenollar o‘z navbatida bir atomli va ko‘p atomli spirtlarga bo‘linadi. Tarkibida karbonil guruhi C bor bo‘lgan birikmalarni oksobirikmalar deyiladi. Oksobirikmalarga aldegidlar va ketonlar kiradi. Tarkibida karboksil guruhi bor bo‘lgan birikmalarni karbon kislotalar deyiladi. Yog‘lar murakkab efirlar sinfiga kiradi. Yog‘lar uch atomli spirt (glitserin) ni yuqori yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiridir. Uglevodlarni tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxridlarga bo‘linadi. Azot saqlovchi organik birikmalarga nitrobirikmalar, aminlar, aromatik aminlar va aminokislotalar kiradi. Tarkibida –NO2 guruh saqlagan birikmalarga nitrobirikmalar deyiladi. Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o‘rnini alkil radikallari almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni aminlar deyiladi. Aminlarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarga bo‘lish mumkin.Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o‘rnini aromatik radikallarga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni aromatik aminlar deyiladi. Tarkibida karboksil va amino guruhlar bor bo‘lgan birikmalarni aminokislotalar deyiladi. Aminokislotalar oqsillarni monomerlari hisoblanadi. Organik birikmalarga xos bo‘lgan reaksiya turlari. Organik birikmalar anorganik birikmalar kabi almashinish, birikish, ajralish reaksiyalariga kirishadi. 1) Organik molekula tarkibidagi atom(lar)ning, boshqa molekula tarkibidagi atomlar bilan almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga almashinish reaksiyalari deyiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish. Mavzuga oid testlar. 1. Uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) yog`lar 6) sikloalkanlar A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,4,5 2. To`yinmagan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) aldegidlar 6) aminlar 7) alkenlar 8) yog`lar A) 1,6,8 B) 2,3,5 C) 1,3,4 D) 3,4,7 3. To`yingan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. A) alkanlar; alkenlar B) alkenlar; alkadiyenlar C) alkanlar; sikloalkanlar D) alkanlar; aminlar O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling