1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


Download 0.9 Mb.
bet73/195
Sana08.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#252828
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195
Bog'liq
10 SINF KONS[1]

V.Tashkily qism;

a)Salomlashish

b)Yo’qlama

c)Siyosiy daqiqa

VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

6. 92 ml hajmdagi zichligi 0,8 g/ml bo‘lgan etanolni to‘laligicha yoqish

uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini (l n.sh) toping. (Havo tarkibida

kislorodning hajmiy ulushi 20%)

7. 36 g propanolni to‘laligicha yoqish uchun zarur bo‘lgan havoning hajmini

(l n.sh.) toping. (Havo tarkibida kislorodning hajmiy ulushi 20%)

8. 30 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha gramm suv hosil bo‘ladi.

9. Spirtlarning umumiy yonish formulasidan foydalanib quyidagi reaksiyani

davom ettiring va tenglashtiring. C4H9OH + O2 ......

10. 20 g propanolni to‘la yonishi natijasida necha (l n.sh.) uglerod (IV)

oksid hosil bo‘ladi?

VII. Dars bayoni:

Tarkibida bir nechta gidroksil guruh tutgan organik moddalarga ko‘p

atomli spirtlar deyiladi.

Ular to‘yingan uglevodoroddagi bir nechta vodorod atomi o‘rniga bir nechta

gidroksil guruhlari almashinishidan hosil bo‘ladi.

Izomeriyasi va nomenklaturasi: Sistematik nomenklatura bo‘yicha

2 atomli spirtlarni nomlashda tegishli uglerovodorod nomiga “diol”

qo‘shimchasi qo‘shiladi va gidroksil guruh tutgan uglerod atomlari raqamlar

bilan ko‘rsatiladi:

Agar etan molekulasidagi 2 ta vodorod atomini gidroksil guruhga

almashtirsak etilenglikol formulasi kelib chiqadi.Bunda vodorod atomlari turli

uglerodlardan olinib, ular o‘rniga gidroksil guruhlar keladi. Etilenglikolni

xalqaro nomenklatura bo‘yicha etandiol-1,2 deb ham nomlasa bo‘ladi.

Xuddi shunday propan tarkibidagi uchta vodorodni gidroksil guruhlarga

almashtirsak glitserin formulasi hosil bo‘ladi. Tabiiyki, turli uglerod atomlaridagi

vodorodlarni gidroksil guruhlariga almashtiramiz va glitserin formulasini hosil

qilamiz. Glitserinni xalqaro nomenklatura bo‘yicha propantriol-1,2,3 deb ham

nomlanadi.

CH2(OH)CH(OH)CH2(OH)

Tarkibida ikkita gidroksil guruhlari bo’lgan spirtlar ikki atomli

spirtlar deyiladi. Masalan, etilenglikol.

Uchta vodorod atomi gidroksil guruhlarga almashgan uglevodorodlar

uch atomli spirtlar deyiladi. Bularga gliserin misol bo‘ladi.

Hamma ko‘p atomli spirtlarda gidroksil guruhlarining har biri alohidaalohida

uglerod atomlariga birikkan bo‘ladi. Ikkita gidroksil guruh bir uglerod

atomiga birikkan spirtni hosil qilib bo‘lmaydi, chunki bunday spirtlar beqaror

bo‘ladi.


Fizik xossalari. Ko‘p atomli spirtlarning vakillari etilenglikol, glitserin va

boshqa spirtlar shirin ta`mga ega bo‘lgan suyuqlik. Etilenglikol va glitserin

suvda yaxshi eriydi. Shirin ta’mli bo‘lishi bilan birga etilenglikol zaharli

modda hisoblanadi.

VIII. Mustahkamlash:Mavzuga oid masala va uni yechimi.

IX.Uyga vazifa: savol va topshiriqlarga javob

32-dars KO’P ATOMLI SPIRTLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. ISHLATILISHI


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling