1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
10 SINF KONS[1]
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. DARS BAYONI: Kimyoviy xossalari. Gidroksil guruhga ega moddalar sifatida, ko‘p atomli spirtlar bir atomli spirtlarning ko‘plab xossalarini o‘zida namoyon etadi. Masalan, natriy metali etilenglikol gidroksil guruhlaridagi vodorodga almashinadi. Glitserinda ham vodorod atomlarining ishqoriy metall atomlariga almashinishi kuzatiladi: Spirtlarga galogenvodorodlar ta’sir ettirilganda esa gidroksil guruhlari galogenlarga almashinadi Ko‘p atomli spirtlar yangi tayyorlangan mis (II) gidroksid eritmasi bilan ta’sirlashib, tiniq ko‘k rangli eritma hosil bo‘ladi. Bu reaksiya ko‘p atomli spirtlar uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi. Shuningdek glitserin nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib murakkab efir hosil qiladi: VIII. Darsni umumlashtirish: Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. 1,2,4-butantriolning struktur formulasini chizing. 3. Etilenglikol va glitserinning struktur tuzilishini yozing va ular tarkibidagi σ va π bog‘larni hisoblang. 4. Etilenglikol olishda qo‘llaniladigan reaksiya tenglamasini yozing. 5. 1,2 mol etilenglikolga yetarli miqdorda natriy metali ta’sir ettirildi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan glikolyatning massasini (g) hisoblang. 6. 0,8 mol etilenglikolga yetarli miqdorda kaliy metali ta’sir ettirildi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan vodorodning massasini (g) hisoblang. IX.Uyga vazifa 7. 0,5 mol glitseringa yetarli miqdorda natriy metali ta’sir ettirildi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazning hajmini (l n.sh.) hisoblang. 8. Agar 27,6 g glitseringa natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha litr (n.sh.) gaz ajraladi? 9. Agar 31 g etilenglikolga natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha litr (n.sh.) gaz ajraladi? 10. Agar 43,4 g etilenglikolga natriy metali (yetarlicha) ta’sir ettirilsa, necha litr (n.sh.) gaz ajraladi? VIII. Mustahkamlash:Mavzuga oid masala va uni yechimi. IX.Uyga vazifa: savol va topshiriqlarga javob Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling