1-dars Astronomiya nimani o‘rganadi? Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi
b) Astronomiyaning matematika fani bilan bog’liqligi
Download 44.38 Kb.
|
birinchiMavzu
b) Astronomiyaning matematika fani bilan bog’liqligi. Astrono-miyaning matematika bilan bog’liqligi to’g’risida fikr yuritsak, Quyosh sistemasi sayyoralarining o’lchamlari, ulargacha bo’lgan masofalarni topish, Yerning radiusi yoki o’lchamini topish sayyoralararo uchadigan raketalarning traektoriyalarini aniqlash kabilar matematik hisoblashlardan topiladi.
Osmon sferasida yulduzlarning o’rnini topish, koordinatalarini aniqlash, trigonometrik funktsiyalarning kichik burchak qiymatlarini, shu burchak qiymatlari bilan almashtirish, burchaklarni radianlarda o’lchash matematik bilimlarga asoslanadi. Yulduz kattaliklarining shkalasini bilish, birinchi yulduz kattaligidan ikkinchi yulduz kattaligini farqi 2,512 martagacha farqlanishini logarifmik shkalani bilmasdan chiqarish mumkin emas. Kosmik apparatlarning uchirilishi, Oyga va sayyoralarga uchish EHMsiz bajarish qiyin bo’lgan muammodir. Matematika fanisiz astronomiyani o’rganish va rivojlantirish mumkin emas. v) Astronomiyaning ximiya bilan bog’liqligi. Astronomiyani ximiya fanisiz tasavvur qilish mumkin emas. Sayyoralar atmosferasining, yulduzlarning ichki tuzilishi, osmon jismlarining evolyutsiyasini bilishni kimyoviy bilimlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan 30 yil muqaddam yulduzlararo bo’shliqda gidrooksil ON kimyoviy birikmalar ochildi. Hozirgi paytda esa shu bo’shliqda 30 dan ortiq har birida 9 tadan atomga ega molekulalar aniqlandi. Oy, Mars va Veneradan olib kelingan tuproqlar tarkibini o’rganish, Yer va boshqa osmon jismlarining tarkibi bir xil ekanligini ko’rsatdi. Ayrim galaktikalarda vodorod va geliyni borligi, ammo og’ir elementlarni yo’q ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu esa galaktikalar yoshi to’g’risida ma’lumot beradi. Kometalarni Quyosh yaqiniga kelishi paytida, ular bug’lanib dum hosil qilishi va bu dum tarkibining ximik xususiyatlarini o’rganish, koinot tarkibidagi jismlarni o’rganish yoki Quyosh sistemasining tarkibini bilishga olib keladi. g) Astronomiyaning biologiya bilan bog’liqligi. Astronomiyaning biologiya fani bilan ham bog’liqlik tomoni bor. Biologiyani bilish, Yerdagi tirik organizmni bilishga, ularning evolyutsiyasini o’rganishga va tabiatni muhofaza qilishga chaqiradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyasi, Yerda hayotning kelib chiqishi haqidagi elementar gipotezalar biologiya kursida o’rgatiladi. Erdagi o’simliklar tabiatini o’rganish, astronomik hodisalarni o’simliklar sezishini ko’rsatadi. Hisor tog’idagi Erdara archazorida (dengiz sathidan 3500 metr balandlikda) 810 yoshli archa daraxti bor. Tabiatshunos olim Ye.Maksimov shu archa tanasini tadqiq qilib, hayratlanarli voqeani aniqladi. Bu daraxt tanasining doiraviy chiziqlarida uchta o’ta yangi yulduzlardagi ulkan portlashlar qayd qilingan ekan. 1572 yilda bo’lgan Tixo Brage, 1604 yildagi Kepler va 1700 yilda Kassiopey-A yulduzlarida bo’lgan portlashlar archa tanasida o’z ta’sirini qoldiribdi. Har bir samoviy portlash archaning rivojlanishiga roppa-rosa 15 yilga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Erning yoshi besh milliard yilga teng deyishadi. Olimlarning aytishicha insoniyatning ongli hayoti 800 ming yillar chamalanadi. Qarang-a! Yerda eng oz muddat mehmon bo’lib turgan mavjudot inson ekan. SHuning uchun ham insonlar Yer ekologiyasini buzmasligi kerak. Ona Yerimizning tuprog’i, suvi va havosini turli xil gazlar va kimyoviy moddalar bilan buzilishiga yo’l qo’ymay, ko’z qorachig’imizday avaylashimiz kerak. Download 44.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling