1-dars Astronomiya nimani o‘rganadi? Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi


d) Astronomiyaning geografiya bilan bog’liqligi


Download 44.38 Kb.
bet5/5
Sana26.06.2023
Hajmi44.38 Kb.
#1655067
1   2   3   4   5
Bog'liq
birinchiMavzu

d) Astronomiyaning geografiya bilan bog’liqligi. Geografiya fani uchun Yer asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Yerning o’lchamlari va shaklini astronomik kuzatishlar natijasida topiladi. Yer Quyosh atrofida aylanishi davrida o’z o’qi yo’nalishini o’zgartirmasligi Yerda fasllarning almashinuviga olib keladi. Yerning tabiatini esa geografiya o’rgatadi. Yerdagi qit’alarning siljishi, Yer sirtining geografik xaritalarini tuzish va shaharlarning koordinatalarini aniqlashda osmon jismlarini kuzatish asosiy rolь o’ynaydi. Yerning umumiy shaklini aniqlashda koinot apparatlari yordamida olingan mulohazalar, yerdagi suyuqliklar hamda Yer qobig’ini ko’tarilish va pasayishlarini o’rganish astronomiyani geografiya fani bilan chambarchas bog’laydi.
e) Astronomiyaning gumanitar fanlar bilan bog’liqligi. Astronomiya fanining gumanitar fanlar bilan ham aloqadorligi bor. Filologlarning asarlarida yulduz turkumlarining tasvirlari berilgan. Masalan, yunon shoiri Arat (315-240) miloddan oldingi III asrda yulduz turkumlarining konfiguratsiyalari va vaziyatini poetik formada tasvirlab bergan. Yevdoksning ma’lumotiga ko’ra, Aratning “Phaenomena” asari aleksandriyalik astronomlar ichida keng tarqalgan. Undan Gipparx va Ptolemey yulduzlar jadvalini tuzishda foydalangan.
Yunon filologi Gomerning miloddan ming yillar oldin yozgan “Odisseya” poemasida shunday satrlar bor:
Odisseya shodon, yelkanlarni shayladi yo’ldosh shamollarga,
Ishonch bilan suzdi olg’a: Darg’a o’rnida qudratli qo’llarla.
Ro’lni boshqardi, sergaklandi u, uyqu qochgan,
Ko’zlari qadaldi: Hulkarga, sahar payti.
Dengiz uzra ko’ringan Savrga,Ayiqqa insonlar orasida
SHunday nomlangan va hamisha Orionga girdikapalak
Biroq Okean suvlariga qiyo boqmagan Faytunga.
(V qo’shiq, 269-278 betlar, M: GIXL, 1959). Bu satrlar shundan dalolat beradiki, kamida bundan uch ming yillar oldin insonlar Hulkar, Savr, Ayiq va Orion yulduz turkumlarini bilishgan. Demak, Gomerning “Odisseya” poemasidan biz astronomiyaning tarixini uch ming yildan kam emas ekanligini bilib olamiz
Download 44.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling