Dars uslubi: Savol-javob, “Aqliy hujum”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Chiroyli salom” hikoyasi o`quvchilarga ifodali o`qittiriladi, mazmuni so`zlatiladi, savol-javob o`tkaziladi.
Nigina qachon uyg`ondi?
Nigina uyg`onganda kimlar nonushta qilib bo`lgan edi?
Xurshid buva qayerga yo`l oldi?
Nigina buvasiga qanday e`tiroz bildirdi?
Salom qachon va qanday holatda berilar ekan?
Nigina xatosini qanday tuzatdi?
Buvasi uni qanday taqdirladi?
Mavzu bayoni
O`qituvchi tomonidan b`olim yuzasidan egallagan bilimlarini tekshirish uchun turli topshiriqlar beriladi.
I topshiriq boshqotirma. Katakchalarni to`g`ri to`ldirsangiz , hikmatli dapning davomi kelib chiqadi.
“Odobli bola- elga manzur” maqoli hosil bo`ladi.
II topshiriq. Rebusni yechadilar.
Rebusni yechsangiz hikmatli gap kelib chiqadi.,
Oltin olma, olqish ol.- maqoli kelib chiqadi.
III topshiriq: savol-javob o`tkaziladi.
Odob haqida siz nimalarni o`rgandingiz?
Telefonda qanday so`zlashish kerak?
“Taqsim” hikoyasidan nimalarni bilib oldingiz?
Xotira va qadrlash kuni qanday kun ekan?
Odobli bolaga xos sifatlarni sanab bering.
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi, xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |