1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Download 189.01 Kb.
bet34/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Saxovat Yordam Savob


Yaxshilik



G`amxo`rlik Mehr muruvvat

O’qituvchi: - Bolalar, ko’rdingizmi, bitta yaxshilik so’zining zamirida qancha ma’no yotibdi. Bizning davlatimizda ham yaxshilik , mehr-oqibat, saxovat va muruvvatsevarlikka, insonlarni og’ir damlarda suyash, qo’llab- quvvatlashga katta e’tibor beriladi.



III. Yangi mavzu bayoni.

YAXSHILIK

Farhod Musajonov

Erkin o'rtog'i Nabi bilan ko'chada o'ynab yurardi. Shu payt uzoqdan qo'shnilari Pirmat boboning ke-layotganini ko'rib qoldi. Cholning qo'lida tugunchasi ham bor edi. Erkin hovliqib o'rtog'iga maqtandi:

Hozir-chi, men borib Pirmat bobomlarga yordam beraman. Qo'llaridagi tugunchani ko'tarib ke-laman. Meni Pirmat bobo juda yaxshi ko'radilar. «Aqlli bola ekansan, haqiqiy o'quvchi shunday bo'lishi kerak»,— deb maqtaydilar. Ishonmasang, men bilan yurgin, o'zing ko'rasan.

Bolalarga yaqinlashib qolgan Pirmat bobo Erkinning so'zlarini eshitdi. Erkin boboning oldiga yugurib bordi va uning qo'lidan tugunchani oldi.

— Bobo, men sizga doim yordam beraman-a? — deb so'radi Erkin, jo'rttaga Nabi eshitsin uchun baqirib.

Har doim yordam berasan, — dedi Pirmat bobo miyig'ida kulib.

Erkin oldinda, Pirmat bobo orqada yo'lga tushdi-lar. Uyiga yetganidan keyin Pirmat bobo Erkinning qo'lidan tugunchani oldi. Lekin har galgidek: «Barakalla, rahmat bolam, aqlli ekansan», — deb maqtamadi. Faqat «Rahmat» dedi va engashib Erkinning qulog'iga allanarsalar deb pichirladi. Keyin uyiga kirib ketdi.

Erkin noqulay ahvolga tushib qoldi. Labini tishlab, chap oyog'i bilan yer chizdi.

— Ha, nega nafasing ichingga tushib ketdi? — so'radi Nabi. — Pirmat bobo nima dedilar?

Erkin zo'rg'a boshini ko'tardi.

— Yaxshilik qil, lekin maqtanib, uni yuvib yubor-ma, dedilar Pirmat bobo, — dedi Erkin.


Download 189.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling