1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu


Download 189.01 Kb.
bet37/160
Sana09.01.2022
Hajmi189.01 Kb.
#259707
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160
Bog'liq
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu

Yangi mavzu bayoni:

O`quvchilarga muammoli vaziyat yaratiladi.

  • Amir Temur kim bo`lgan?

  • O`quvchilar bahs-munozara orqali bilganlarini aytib beradilar. So`ng barcha o`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va Amir Temur buyuk sarkarda, adolatli shoh, yozuvchi bo`lganligi aytib o`tiladi.Buyuk bobomiz bizning bir necha bo`laklarga bo`linib ketgan davlatimizni birlashtirishga harakat qilgani va buyuk davlat tuzganligi haqida, yurtimiz sarhadlarini kengaytirish uchun ko`p janglar olib borganligi haqida ma`lumotlar beriladi,. Yurtni adolat bilan boshqarganligi ta`kidlanadi.

  • Shuningdek Amir Temur tug`ilgan joy, yil oilasi haqida qisdqacha ma`lumotlar berib o`triladi.

  • So`ng Muhammad Ali tomonidan yozilgan “Amir Temur” hikoyasi o`qituvchi omonidan ifodali qilib o`qib beriladi.Mazmuni tushuntiriladi, matn yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

  1. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.

  1. Amir Temur bobomiz ona yurtimiz uchun qanday xizmatlar qilgan?

  2. Amir Temur bobomiz nimani hamma narsadan baland qo`ygan?

  3. Siz kimni do`st deb hisoblaysiz?

  4. To`g`riso`zlik deganda nimani tushunasiz?

So`ng Amir Temur o`gitlari o`qitiladi, mazmuni izohlanadi.

  • Yaxshini yomon kunda sina.

  • Sodiq va vafodor do`st o`z do`stini ranjitmaydi.

  • Birliksiz kuch bo`lmas.

  • Kuch- adolatda.

  • Oq b`olsang, ont ichma.

  • Qo`rqmasang , yov qochar.

  • Boshga qilich kelsada, rost so`zla.

O`quvchilar bilan “Topib o`qi” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi matndagi so`zlardan ayatdi. O`quvchilar matnda shu so`z qatnashgan gapni topib o`qib beradilar. Bunda o`quvchilarning ziyrakligi, tez o`qishga ishtiyoqi rivojlantiriladi.


  1. Download 189.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling