Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`qituvchi o`quvchilarning odoblilik va odobsizlik belgilari haqidagi tasavvurlarini xulosalaydi, bugungi dars ham shu mavzuga yaqinroq ekanligi aytiladi. Yangi mavzu “Kapalak” hikoyasi ekanligi e`lon qilinadi.
O`quvchilardan avval jonivorlarga qanday muomalada bo`lish so`raladi. Demak, bizni o`rab turgan barcha narsalarga ehtiyotkorona, mehrli bo`lishimiz shart. Bu bizning insoniylik fazilatlarimnizdan darak beradi.
So`ng o`qituvchi tomonidan “kapalak” hikoyasi ifodali o`qib beriladi, mazmuni tushuntiriladi, tarbiyaviy ahamiyati yoritiladi.
Mazmuni o`qituvchi tomonidan qisqa so`zlab beriladi. Iqbol degan qiz bog`da o`ynab yurganda, guldan-gulga qo`nib, uchib yurgan bir chiroyli kapalakni ko`rib qoladi. Kapalak Iqboldan qo`yib yuborishini, qanotlarini sindirmaslikni iltimos qiladi. Iqbol zerikib ketgani va u bilan har kuni o`ynamoqchi ekanligini aytadi.Kapalak agar qo`yib yuborsa har kuni kelib , bog`da Iqbol bilan o`ynashi haqida aytadi. Iqbol kapalakni qo`yib yuboradi. ayatadi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun o`quvchilar bilan “Bu meniki” o`yini o`ynaladi. O`qituvchi 1-qator o`quvchilariga matnning bir nechta garlarini tarqatma holida tarqatadi.2-3-qatoir o`quvchilari matndan ayrim so`z birikmalarini o`qiydilar. Shunda 1-qatordagi o`quvchilar “Bu- meniki” deb javob berishlari lozim.
Matn yuzasida savol-javoblar o`tkaziladi, “Zanjir’ usulida o`quvchilarga o`qittiriladi.
Savol-javob o`tkaziladi.
Iqbol nega kapalakni tutib oldi?
Kapalak bilan Iqbol qanday qilib do`st bo`ldilar?
Siz qanday kapalaklarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |