Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan bahor haqida suhbat uyushtiriladi. Bahorda tabiat o`zgarishi hawqida o`quvchilar so`zlab beradilar, yaxshi rasm chizadigan o`quvchilarga o`z fikrlarini ram asosida bayon qilish topshirig`i beriladi. Bir nechta o`quvchilar bu shartni bajaradilar.So`ng o`qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi va yangi mavzu e`lon qilinadi. Tursunboy Adashboyevning “Bahor kelgach” she`ri o`qituvchil tomonidan ifodali qilib o`qib beriladi.
Qish qorini supurdi,
Quyosh nurin ufurdi.
Yalpiz hidi gupurdi,
Bahor kelgach.
Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi,
Qizg`aldoqlar selda oqdi,
Mayin shamol ,
Bizga yoqdi
Bahor kelgach.
She`rning har bir misrasi o`qituvchi tomonidan izohlanadi. So`ng o`quvchilar bilan tabiat hodisalarini chiroyli o`xshatishlar bilan izohlangani toptirib o`qitiladi.
(qish qorini supurdi, chqmoq ko`kda yong`oq chaqdi, qizg`aldoqlar selda oqdi)
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
She`r nima haqida?
Sizga she`rning qaysi misralari yoqdi?
She`rda qanday tabiat hodisalari keltirilgan?
Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |