Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Bahor kelgach”mavzusi yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.
She`r o`quvchilar tomonidan ifodali o`qib beriladi. Mazmuni yoritiladi. So`ng har bir o`quvhi she`rni “Zanjir” usulida ifodali o`qib beriladi.
Bahor qachon keladi?
Bahorda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
Bahor bishqa fasllardan qanday farq qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |