Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Bo`lim yuzasidan takrorlash”mavzusi yuzasidan qisqacha takrorlash o`tkaziladi.Savol-javoblar tekshiriladi.
“Quvnoq harflar” o`yini o`ynatiladi.Bu o`yinni o`tkazish uchun savollarga to`g`ri javob topgan o`quvchilar tanlanib, doska yoniga taklif qilinadi. Ular o`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan B,A,H,O,R, K, E, L, G, A, CH kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Bahor kelgach” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.
O`quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi.Ona tili fani bilan bog`lanadi, tovush-harf bo`yicha tahlil o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |