1-Dars. Kirish. Umumiy tushunchalar


Fizik hodisalarda moddalarning shakli yoki fizik holati o’zgaradi yoki atom yadrolarning tarkibi o’zgarishi hisobiga yangi moddalar hosil bo’ladi


Download 29.04 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi29.04 Kb.
#1031895
1   2   3
Bog'liq
1-DARS

Fizik hodisalarda moddalarning shakli yoki fizik holati o’zgaradi yoki atom yadrolarning tarkibi o’zgarishi hisobiga yangi moddalar hosil bo’ladi. Masalan, gazsimon ammiak suyuq azot bilan o’zaro ta’sir attirilganda ammiak dastlab suyuq, so’ngra esa qattiq holatga o’tadi. Bu kimyoviy hodisa emas, bakli fizik hodisadir, chunki moddaning (azotning ham, ammiakning ham) tarkibi o’zgarmaydi. Yangi moddalar hosil bo’lishiga olib keladigan ba’zi hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi. Masalan, bir xil elementlarning atomlaridan boshqa xil elementlarning atomlari hosil bo’ladigan yadro reaksiyalari fizik hodisalardir.
Moddaga xos xususiyatlar. Rang,zichlik,agregat xolat (gaz,qattiq,suyuq),qaynash va suyuqlanish temperaturasi,eruvchanligi,allotropik shakl ko’rinishi,xidi kabi xususiyatlar. Kimyoviy elementga xos xususiyatlar: Yadro zaryadi,oksidlanish darajasi,valentlik
Modda bilan kimyoviy element farqi;
Elemant haqida gap boradi; Kimyoviy element birirkmalar tarkibiga kirishi ham,erkin holatda ajralib chiqishi ham mumkin. M; HgO tarkibida kislorod bor Temir zang tarkibiga kiradi. Oddiy modda haqida gap boradi;
Kislorod bilan nafas olamiz Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Temir magnitga tortiladi Temirdan mix yasaladi. Modda 4 xil agregat agregat xolatda boladi.Gaz,suyuq,qattiq,plazma.
Oddiy sharoitda osh tuzi qattiq,suv suyuq,kislarod gaz xolatda boladi.
Plazma-juda ionlashgan gaz holati.
Sublimatlanish –moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan togridan-togri gaz holatga o’tish hodisasi. M;yod,naftalin,quruq muz – CO2
Allotropiya hodisasi – bir element atomining tabiatda turli xil oddiy moddalar ko’rinishida bo’lishi. Masalan:(O) kislarodda ikkita kislarod – O2,ozon – O3 C – olmos,grafit,karbin,fullerin. P – oq,qora,qizil fosforlar S – rombik,monoklinik,plastic,amorf Sn – oq,kulrang Bundan tashqari;Te,As,Sb,,Fe va h.k

Download 29.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling