1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet24/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Yangi mavzuning bayoni.

Dastlab o'qituvchi issiqlik uzatish jarayoni haqida tushuncha beradi. So'ng issiqlik miqdori Q harfi bilan belgilanishini aytib, uning fizik mohiyatini tushuntirib beradi. Issiqlik miqdorining o'lchov birliklari — joul, kaloriya haqida ma'lumotlar beradi.
Dars jarayonida slayd orqali tajriba ko'rsatiladi, uning mohiyati ochib beriladi.
Mavzudagi quyidagi asosiy formulalar misollar orqali tushuntiriladi:


  va c =  

Q=C(T2- T1 ) va Q=mc (Т2T1)


Yuqorida keltirilgan issiqlik sig'imi bilan solishtirma issiqlik sig'imi, ixtiyoriy massali moddaga berilgan issiqlik miqdori bilan m massali moddaga berilgan issiqlik miqdorining o'zaro farqini o'quvchilar o'zlashtirib olishlariga e'tibor beriladi.
Masalalar yechishda bu formulalardagi T2 – T1 o'rniga t2 - t] ifodalarni qo'llash mumkinligi tushuntirib o'tiladi. Masalan, Q = mc (T2T1) o'rniga Q = mc (t2 >t1) formuladan foydalanish mumkin.
Issiqlik uzatish jarayonida moddaning ichki energiyasi o'zgarishini o'quvchilar tasavvur qila olishlari zarur.



        1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslikda keltirilgan masalaning yechish namunasi o'quvchilarga havola qilinadi. Undan tashqari, quyidagi masala o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi:
Masala. 40°C temperaturadagi 500 g massali jezni 200°C gacha qizdirish uchun unga qancha issiqlik miqdori berish kerak?

  1. Issiqlik miqdori va uning o'lchov birligi nima?

  2. Jismning issiqlik sig'imi deb nimaga aytiladi?

  3. Jismning solishtirma issiqligi deb nimaga aytiladi?

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsda berilgan savollarga javob qaytarishiga qarab baholanadi.
6. Uy vazifalari.

    1. Darslikdagi 8-§ ni o'qish.

    2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob berish.

    3. 7-mashqning 1- va 2-masalalarini yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga 3- va 4-masalalarni ham yechish tavsiya etiladi.

    4. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish.

12-dars Sana: 9-sinf


Mavzu: Yoqilg’ining solishtirma yonish issiqligi

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling