O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: ko’nikmalarni shakllantirish
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Masalalar ishlash (23 minut).
4. O’quvchilarni baholash(4 minut)
5. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, masalalar yechishga tayyorgarlik ko'riladi.
O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan II bobning 9-12 mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «II bob yuzasidan xulosalar»dagi xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
3.Masalalar yechish.
1.25 kg toshko'mir batamom yonganda qancha issiqlik ajralib chiqadi? Shuncha massali quruq o'tin yonganda-chi?
2. Massasi 10 kg bo'lgan yoqilg'i batamom yonganda 440 000 kJ issiqlik ajralib chiqadi? Bu yoqilg'ining solishtirma issiqlik sig'imini toping.
3.Necha kilogramm tabiiy gaz yoqilganda 220 000 kJ issiqlik ajralib chiqishini aniqlang.
4. «Neksiya» avtomashinasiga 401 benzin quyilganda qancha energiya ajralib chiqadi? Har yuz kilometrga o'rtacha 7 /benzin sarflansa, har bir kilometrga qanchadan energiya ajralib chiqadi? Benzinning zichligi 710 kg/m3.
Do'stlaringiz bilan baham: |