4. Mustaqil ish:
1.O'choqda ovqat pishirish uchun 10 kg quruq o'tin yoqildi. O'tin yoqilganda ajralib chiqqan issiqlikning to'rtdan bir qismi ovqatga, qolgan qismi o'choqni, qozomii va havoni isitishga sarflangan. Ovqat pishguncha o'ziga qancha issiqlik olgan?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar ishlagan masalalariga ko’ra baholanadi.
6. Uy vazifalari.
7-13- § larni takrorlash.
Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari uqtiriladi.
14-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash
Laboratoriya ishi
Darsning maqsadi.
a) Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig'imini aniqlashni o'rganish, solishtirma issiqlik sig'imi haqida olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash.
b) O’quvchilarni ehtiyotkorlikka o’rgatish, ekologik tarbiya berish
d) O’quvchilarni fanga qiziqtirish
Dars turi: ko’nikmalarni shakllantirish
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Kerakli jihozlar: kalorimetr, tarozi, tarozi toshlari, termometr, solishtirma sig'imi aniqlanadigan 3 ta jism, qaynoq suv.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism..
2. Ish haqida tushuncha
Laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan avval o'quvchilarga kalorimetr haqida qisqacha ma'lumotlar beriladi. Laboratoriya ishi darslikda keltirilgan tartibda o'tkaziladi
3. Ishning borishi:
Kalorimetr pasportidan uning aralashtirgich bilan birgalikdagi issiqlik sig'imi Ck ni yozib oling.
Menzurka yordamida suv hajmi V ni o'lchab, uni kalorimetrning ichki idisliiga quying va issiqlik muvozanati qaror topgandan keyin uning temperaturasi 4 ni termometr yordamida o'lchang.
Kalorimetrga quyilgan suv massasini ms = psV formuladan foydalanib hisoblang. Bunda ps — suvning zichligi.
Solishtirma issiqlik sig'imi aniqlanayotgan jismning massasi ms ni tarozi yordamida o'lchang.
Jismni ipga bog'lab, qaynab turgan suvga solib qo'ying. Jism va suv o'rtasida issiqlik muvozanati qaror topgandagi jismning temperaturasi ts ni yozib oling. Bunda ts = 100°C deb olish mumkin. Jismni tezlik bilan sovuq suv solingan kalorimetrga botiring.
Qaynab turgan suvdan olingan jismni tezlik bilan sovuq suv solingan kalorimetrga botiring. Aralashtirgich bilan kalorimetrdagi suvni aralashtiring va termometr ko'rsatgan aralashmaning ta temperaturasini yozib oling.
Jismning solishtirma issiqlik sig'imini aniqlang
Massalari turlicha, lekin xuddi shunday moddadan yasalgan yana ikkita jismning solishtirma issiqlik sig'imini yuqorida keltirilgan tartibda aniqlang.
Birinchi, ikkinchi va ucliinclii jismlar uchun aniqlangan solishtirma issiqlik sig'imlari uchun o'rtacha Cj ni hisoblang.
10. Olingan natijalarni 3- jadvalga yozing.
3- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |