5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi
6. Uy vazifalari.
Darslikdagi 10-§ ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob berish.
8-mashqning 1- va 3-masalalarini yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga 4-masalani ham yechish tavsiya etiladi.
16-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Termodinamikaning birinchi qonuni
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarga termodinamikaning birinchi qonuni va uni izojarayonlarga tatbiq qilish hamda ichki energiyaning o'zgarishi haqida ma'lumotlar berish.
b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berishda hamkorlik qilish
d) O’quvchilarni fanga qiziqtirish, tasavvurlarini kengaytirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: energiyaning saqlanish qonuni, termodinamikaning birinchi qonuni, adiabatik jarayon.
Darsning jihozlari: elektron darslik, slaydlar, kodoskop, didaktik materiallar.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Кlaster» interfaol metodi.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Do'stlaringiz bilan baham: |