3. Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchi mavzu mazmunini ochib berish uchun quyidagi asosiy tushunchalarga e'tibor berishi lozim:
Deformatsiya va uning turlari.
Mexanik kuchlanish.
Absolut va nisbiy uzayish.
Guk qonuni.
Mo'rtlik xossasining ahamiyati.
Dars jarayonida mavzuga oid slaydlardan foydalaniladi.
∆L=L-L0; ɛ=∆l/l0; σ = F/S; σ=Eɛ formulalarning hamda Yung moduli E ning mohiyati tushuntiriladi.
Darslikdagi 43- rasm tahlil qilinadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslikdagi masala yechish namunasi o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. So'ngra quyidagi masala yechiladi:
Masala. Diametri 2 sm bo'lgan simga 10 kg yuk osilgan bo'lsa, mexanik kuchlanish necha kPa bo'ladi?
Berilganr.d = 2 sm = 2·10-2 m; m = 10 kg; g = 10 m/s2.
Topish kerak: σ - ?
Formulasi: σ = F/S = mg/(πd2/4) = 4 mg/πd2.
Hisoblash σ = 4·10·10/(3,14·4·10-4) Pa = 3,2·10 -3 Pa = 3,2 kPa.
Javob: σ = 3,2 kPa.
Shundan so'ng o'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lib, ularga quyidagi topshiriq va masalalar beriladi:
I guruhga: 1. Deformatsiya va uning turlari.
2. Ko'ndalang kesimi 2 sm2 bo'lgan po'lat tayoqchaga og'irligi 30 kN bo'lgan yuk osilgan. Tayoqchaning mexanik kuchlanishi topilsin.
guruhga: 1. Absolut va nisbiy uzayish.
2. Uzunligi 1 m, ko'ndalang kesimi 80 sm2 bo'lgan balka uchlariga uzunligi bo'yicha 5 kN dan kuch qo'yilganda 5 mm ga qisqardi. Nisbiy qisqarish (uzayish)ni va mexanik kuchlanishni toping.
guruhga: 1. Guk qonuni.
2. Mustahkamlik chegarasi 0,36 MPa va zichligi 1,8 g/sm3 bo'lgan g'isht devorning balandligi eng ko'pi bilan necha metr bo'lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |