Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, masalalar yechishga tayyorgarlik ko'riladi.
2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan V bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «V bob yuzasidan xulosalar»dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
3.Masalalar yechish.
Diametri 0,4 sm bo'lgan steijenda 1,5-102 Pa mexanik kuchlanish hosil bo'lishi uchun uning o'qi bo'ylab qo'yiladigan kuch qancha bo'lishi kerak?
Diametri 0,8 mm bo'lgan jez simning uzunligi 3,6 m ga teng. 25 N kuch ta'siri ostida sim 2 mm uzaygan. Jezning Yung modulini toping.
3. Uzunligi 5 m va ko'ndalang kesimining yuzi 2,5 mm2 bo'lgan sim 100 N kuch ta'sirida 1 mm uzaydi. Simda hosil bo'lgan kuchlanishni va Yung modulini aniqlang.
4. Mustahkamlash:
Diametri 0,8 sm bo'lgan steijenda 2-108 Pa mexanik kuchlanish hosil bo'lishi uchun uning o'qi bo'ylab qo'yiladigan kuch qancha bo'lishi kerak?
Diametri 0,5 mm bo'lgan simning uzunligi 2,4 m ga teng. 50 N kuch ta'siri ostida sim 4 mm uzaygan. Sim materialining Yung modulini toping.
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi
6.Uyga vazifalar.
19-22- § larni takrorlash.«V bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishi mumkinligi uqtiriladi.
29-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Kristall jismlarning erishi va qotishi
Do'stlaringiz bilan baham: |