O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi
Uy vazifalari.
Darslikdagi 21- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob yozish.
Mavzuga oid 5 tadan test topshiriqlarini tayyorlash.
«Bug'lanish jarayoni nimalarga bog'liq?» savoli bo'yicha hisobot yozish.
31-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Atmosferadagi hodisalar
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarga havoning namligi, tabiatda shudring, qirov, tuman, bulut, ularning hosil bo'lishi haqida ma'lumotlar berish
b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiat hodisalariga qiziqish uyg’otish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini oshirish, fanga qiziqishini kuchaytirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: havoning mutlaq namligi, havoning nisbiy namligi, psixrometr, shudring, qirov, bulut, yomg'ir, qor, do'l.
Dars jihozlari: psixrometr, psixrometrik jadval.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar» interfaol metodi.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash.
Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilar uyda tuzib kelgan test topshiriqlarini o'zaro almashadilar. Shundan so'ng o'qituvchi test topshiriqlarini umumlashtirib, quyidagi «Blits savollar» bilan murojaat qiladi:
Bug'lanish nima?
Kondensatsiya nima?
Kristallizatsiya nima?
Qaynash nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |