1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet109/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Olamning elektromagnit manzarasi
XIX asrda elektromagnit hodisalarni tadqiq qilish, ularning qonuniyatlarini kashf etish boshlandi. Lekin ularni mexanik nuqtayi nazardan qandaydir fluid (faraz qilingan maxsus suyuqlik, muhit) asosida tushuntirishga urinishlar bo'ldi. Bunday qarashlar tanqidga uchrab, inkor etila boshlandi. Shunda M.Faradey elektromagnit maydon tushunchasini kiritdi. Bu fanda muliim olg'a siljish bo'ldi. So'ngra bu g'oyani rivojlantirib, J. Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini yaratdi. Alohida-alohida deb qaralayotgan elektr va magnit hodisalar ma'lum tartibga keltirildi. Bunda elektromagnit maydon fazoda uzluksiz o'zgaradi deb qaraldi. Olamning mexanik manzarasi bo'yicha materiya moddadan iborat deb qaralgan bo'lsa, olamning elektromagnit manzarasida materiya maydon shaklida bo'lishi ham mumkinligi qayd etildi. Harakat faqat modda va uning zarralari harakatidangina iborat bo'lmasdan, balki maydon va uning elektromagnit to'lqinlarining harakati sifatida ham qaralishini taqozo etdi. O'zaro ta'sir faqat gravitatsion maydon orqali birondagina emas, balki cAe/c//tezlik bilan tarqaluvchi elektromagnit maydon orqali ham bo'lishi e'tirof etildi. Shunday qilib, Olamning elektromagnit manzarasi shakllandi.
Shu bilan birga tabiatda ikkita fundamental o'zaro ta'sir - gravitatsion va elektromagnit o'zaro ta'sir mavjudligi qayd etildi.
Olamning hozirgi zamon fizik manzarasi
XIX asr oxirlari va XX asr boshlariga kelib, atom fizikasi sohasidagi tadqiqotlar, elektromagnit maydon porsiyalar — kvantlardan iborat ekanligi to'g'risidagi nazariya, zarralarning to'lqin tabiati haqidagi ta'limotlar klassik fizikaning qonunlari barcha fizik hodisalar uchun o'rinli bo'lavermasligini ko'rsatdi. Materiyaning uzlukli tuzilishga ega bo'lgan moddaga va uzluksiz maydonga bo'linishi o'zining absolut ma'nosini yo'qotdi. Korpuskular-to'lqin dualizmi («dualizm» - «ikkiyoqlamalik» demakdir) materiyaning barcha shakllariga - moddaga va maydonga xosligi aniqlandi. Bular natijasida materiyaning kvant xossalari kashf etildi. Mikrozarralarning harakatini tavsiflovchi kvant fizikasi paydo bo'lgandan so'ng olamning yagona fizik manzarasida yangi elementlar ko'zga taslilana bosliladi. Kvant nazariyasining prinsiplari mutlaqo umumiy bo'lib, barcha zarralarni, ular orasidagi o'zaro ta'siriarni va ularning o'zaro aylanishlarini tavsiflash uchun qo'llanilaveradi.



Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling