4. Mavzuni mustahkamlash:
“X” va “O” o’yini
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi
6.Uyga vazifalar.
1) Darslikdan 46- § ni o'qish.
2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
64-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Fizika va texnika taraqqiyoti. O’zbekistonda fizika sohasidagi tadqiqotlar
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga fizika va texnika taraqqiyoti, O’zbekistonda fizika sohasidagi tadqiqotlar haqida ilmiy va nazariy tushunchalarni hosil qilish
b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish orqali o’z – o’zini asrashga o’rgatish
c) O’quvchilarning ijodkorligini oshirish, fanga qiziqtirish, dunyoqarashini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |