1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet15/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism. 0‘qituvchi uy vazifalarini tekshirish uchun didaktik materiallami hamda interfaol metodlami tayyorlaydi.

  2. O’tilgan mavzuni eslash. Quyidagi savollar yozilgan varaqlar o‘quvchilarga tarqatiladi:

  1. Temperatura so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

  2. Issiqlik muvozanatini tushuntiring.

  3. Temperatura nima?

  4. Bolsman doimiysining fizik ma’nosi nimadan iborat?

  5. Temperatura orqali ifodalangan molekular-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasini keltirib chiqaring.

  6. Gaz bosimi temperaturaga qanday bog‘langan?

  7. Termometrlaming qanday turlarini bilasiz?

  8. Selsiy va Kelvin shkalasi orasidagi farq nimadan iborat?

«Aqliy hujum», «Fikrlay olasanmi?» interfaol metodlaridan foydalanib o‘quvchilarning fikrlari eshitiladi.

  1. Yangi mavzuning bayoni. Dastlab o‘qituvchi gaz molekulalarining tezligi haqida ma’lumot beradi va molekulalaming o'rtacha kvadrat tezligi formulasi keltirib chiqariladi.

Gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezlik fizik ma’nosi yana bir bor eslatiladi. Gaz molekulalarining tezligi turlicha bo‘lishi, ular bir- biridan katta farq qilishi ham mumkinligi, molekular-kinetik nazariyada har bir molekulaning tezligi bilan emas, balki o‘rtacha kvadratik tezligi bilan ish ko‘rilishi tushuntiriladi. 0‘rtacha kvadratik tezlikni hisoblash uchun awal har bir molekula tezligi kvadratlarining o‘rtachasi olinishi, so‘ngra undan kvadratik ildiz chiqarilishi aytiladi.
Ingliz fizigi Jeyms Maksvell tomonidan 1859-yilda molekulalaming tezliklari bo‘yicha taqsimot nazariyasini yaratganligi aytiladi va darslikdagi

  1. rasmdan taqsimot grafigi tushuntiriladi.

Molekulalar tezligini 1920-yilda nemis fizigi O. Shtern tajribada aniqlaganini aytib, tajriba bayon qilinadi va tezlik qanday aniqlanganligi batafsil tushuntiriladi.
0‘quvchilarga Shtem tajribasida aniqlangan tezlik molekular-kinetik nazariya asosida topilgan o‘rtacha kvadratik tezlikka (darslikdagi 7-§, (3) formula) yaqin ekanligi uqtiriladi.Shtem tajribasi nazariy yo‘l bilan topilgan (3) formula amalda o‘z tasdig‘ini topganligi aytiladi.Shu bilan birga, Maksvellning tezliklar taqsimoti to‘g‘riligi Shtem tajribasida isbotlab berilganligi uqtiriladi.


  1. Download 5.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling