1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet21/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Darsning borishi

    1. Tashkiliy qism. Yangi mavzuni tushuntirishdan avval o'qituvchi o'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini oshirish uchun turli metodlardan foydalanib dars o'tishi zarur.

    2. Uy vazifalarini tekshirish.

O'qituvchi «Klaster» interfaol metodidan foydalanib o'quvchilarning uy topshiriqlarini qanday bajarganliklarini tekshirish uchun quyidagi muammoli vaziyatlarni o'rtaga tashlaydi:
1) Gaz molekulalarining o'rtacha
kvadrat tezligi 2) Sherigini top:


3) Ayrim o'quvchilarga didaktik tarqatma materiallar (masalalar) topshiriladi va tekshiriladi.


3. Yangi mavzuning bayoni.
O'quvchilarga dastlab «Mexanika» kursidan jismlarning kinetik va potensial energiyasi haqida ma'lumot beriladi.
Ideal gazda potensial energiyani nima uchun hisobga olinmasligi tushuntiriladi va ideal gazning ichki energiyasining ifodasi keltirib chiqariladi. So'ngra real gazlar uchun ichki energiya murakkab bo'lishi, uni ideal gazdagi kabi statistik metod bilan keltirib chiqarib bo'lmasligi tushuntiriladi. Bunga sabab, real gazlarda molekulalar o'zaro ta'sirda bo'ladi. Shuning uchun alohida molekulaning kinetik va potensial energiyasi haqida gapirish o'rinli bo'lmaydi. Shuning uchun real gazlarning ichki energiyasini o'rganishda termodinamik metoddan foydalaniladi.
Termodinamik nuqtayi nazardan qaraganda real gazlar uchun ichki energiya nimalarga bog'liqligi haqida fikr yuritiladi.
Ichki energiya o'zgartirishining ikki usuli — ish bajarish va issiqlik uzatish haqida tushuncha beriladi.
O'qituvchi termodinamik ishni tushuntirishda darslikdagi rasmlardan hamda slaydlardan foydalanadi.
Darslikdagi ma'lumotlarga qo'shimcha tarzda termodinamik parametrlarga oid quyida keltirilganlarni ham bayon etish tavsiya etiladi:
Mexanikada zarralar sistemasining holati ularning vaziyatlari (koordinatalari) va tezliklari bilan belgilanadi. Kuchlar ma'lum bo'lganda boshlang'ich koordinata va boshlang'ich tezliklarga qarab zarralarning bundan keyingi istalgan paytdagi vaziyatlari va tezliklarini topish mumkin.
Nihoyatda ko'p zarralardan tarkib topgan makroskopik jismlarning ichki holatini shu tariqa aniqlashga hech qanday imkoniyat yo'q. Biroq makroskopik jismlarning xarakterini faqat jism tarkibidagi alohida molekulalargagina emas, balki butun makroskopik jismga tegishli bo'lgan bir nechta fizik kattalik bilan ifodalash mumkin. Bunday kattaliklar jumlasiga V hajm, p bosim, T temperatura va boshqalar kiradi.
Masalan, ma'lum bir massali gaz hamisha tayinli bir hajm egallaydi, ma'lum bir bosim va temperaturaga ega bo'ladi. Hajm bilan bosim gazning holatini tavsiflovchi mexanik kattaliklardir. Temperatura mexanikada o'rganilmaydi, chunki u jismning ichki holatini xarakterlaydi.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling