Makroskopik parametrlar. Makroskopik jismlarning holatini ularning molekular tuzilishiga e'tibor qilmasdan xarakterlovchi kattaliklar makroskopik (yoki termodinamik) parametrlar deb ataladi. Makroskopik parametrlar hajm, bosim va temperaturagina emas, ulardan boshqa parametrlar ham bo'ladi. Masalan, gazlar aralashmadagi alohida
komponentlar konsentratsiyalarini ham bilish kerak. Agar modda elektr yoki magnit maydonida turgan bo'lsa, u holda bu maydonlarning xarakteristikalarini ham aytib o'tish kerak.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. O'quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi:
Ichki energiya va uni o'zgartirish usullari haqida nimalarni bilasiz?
Termodinamikada bajarilgan ish qanday ifodalanadi?
17- rasmdagi jarayonni tushuntirib bering. Bunda nima sababdan gazning ichki energiyasi kamayadi?
18- rasmdagi jarayonni tushuntirib bering. Bunda nima sababdan gazning ichki energiyasi ortadi?
O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi faol ishtirokiga qarab baholanadi
Uy vazifalari.
Darslikdagi 7- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob berish.
6- mashqning 1- va 2- masalalarini yechish.
11-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Issiqlik miqdori. Solishtirma issiqlik sig’imi
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarga issiqlik miqdori hamda solishtirma issiqlik sig'imi orasidagi bog'lanish haqida tushuncha berish, mavzuga doir masala yechishda formulani qo'llay olishni o'rgatish.
b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish
d) O’quvchilarning fanga qiziqishini oshirish, tasavvurini kengaytirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |