Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarga yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi haqida ma'lumotlar berish.
b) O’quvchilarga issiqlikni tejash haqida o’rgatish, axloqiy tarbiya berish
d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Tayanch so'zlar: kimyoviy parchalanlsh reaksiyasi, yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: slayd, kodoskop, tarqatma materiallar, elektron darslik.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar» interfaol metodi.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Darsda foydalaniladigan slayd, kodoskop, tarqatma materiallar, elektron darslik tayyorlab qo'yiladi.
Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» berilib, savol-javob o'tkaziladi.
Issiqlik uzatish nima?
Issiqlik miqdori nimaga bog'liq?
Issiqlik sig'imi deb nimaga aytiladi?
4. Solishtirma issiqlik sig'imining formulasi qanday ifodalanadi?
Tajribani qisqacha tushuntiring?
Asosiy formulalarni yozing va tushuntiring.
3.Yangi mavzuning bayoni.
O'qituvchilarga yoqilg'ilar, ular yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, kimyoviy reaksiya jarayonida molekulalarning atomlarga ajralishi, molekulalarning parchalanishi, bunda issiqlik ajralishi misollar orqali tushuntiriladi.
Yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligiga ta'rif beriladi va uning mohiyati tahlil qilinadi. Yoqilg'ining solishtirma yonish issiqligi turli yoqilg'ilar uchun turlicha qiymatga ega bo'lishi tushuntiriladi va 2-jadval tahlil qilinadi.
Yoqilg'i yonganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorining formulasi keltirilib tahlil qilinadi. Yoqilg'ilarning qaysi turi qayerda ishlab chiqarilishi va foydalanilishi haqida ma'lumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |