Mavzu: Takrorlash va masalalar yechish
Darsning maqsadi.
a) II bob bo'yicha o'tilgan mavzularni takrorlash hamda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun masalalar yechish.
b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash
d) O’quvchilarning xotiraisni mustahkamlash, dunyoqarashini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Dars turi: bilimlarni xotirada mustahkamlash darsi
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism (3 minut).
2.O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash(4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, masalalar yechishga tayyorgarlik ko'riladi.
O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan II bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «II bob yuzasidan xulosalar»dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Masalalar yechish. II bob oxirida keltirilgan masalalardan tanlab o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarga bob oxiridagi masalalardan ixtiyoriy ravishda tanlab, mustaqil tarzda masalalar yechishlariga ko'rsatma beriladi.
1. Gazga 3,4 kJ issiqlikberilganda uning ichki energiyasi 1,8 kJ ga ortdi. Gaz ustida qancha ish bajarilgan?
2. Gaz 700 J ish bajarganda uning ichki energiyasi 1,2 kJ ga kamaygan. Gaz tashqariga qancha issiqlik bergan?
3. Izotermik jarayonda gazga 1 kJ issiqlik berilgan bo'lsa, gaz ustida qancha ish bajarilgan bo'ladi?
4. Izoxorik jarayonda gazga 2,8 kJ issiqlik miqdori berilsa, gazning ichki energiyasi qanchaga o'zgaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |