4. Mustaqil ish:
290 g havoni 10°C ga izobarik qizdirilganda qancha ish bajariladi? Havoning molar massasi 0,029 kg/mol ga teng.
O’quvchilarni baholash: O’quvchilar ishlagan masalalariga ko’ra baholanadi.
Uy vazifalari.
7-13- § larni takrorlash.
«II bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari uqtiriladi.
18- dars Sana: sinfi:
Mavzu: Nazorat ishi
Darsning maqsadi.
a) II bobdagi mavzular bo'yicha o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) O’quvchilarga axloqiy tabiya berish
c) O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiriish
Dars turi: nazorat qilish darsi
Darsda foydalaniladigan metod: test sinovi.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
Test sinovini o'tkazish - 40 minut.
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, yozma ish va test sinovini o'tkazish uchun o'quvchilar uch guruhga bo'linadi.
2. Test sinovini o'tkazish. 25ta savoldan iborat 2 variantdagi test olinadi.
3. Uy vazifalari.
1. 7-13- § larni takrorlash.
19-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Laboratoriya ishi
Turli temperaturali suv aralashtirilganda issiqlik miqdorlarini taqqolash
Do'stlaringiz bilan baham: |